O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ovozli chat davomida kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga agentlik mas’ul xodimi Oybek Abdug‘aniyev javob berdi.

— Korrupsiya, deganda faqatgina moddiy manfaatdorlik tushuniladimi? Tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik munosabatlariga yo‘l qo‘yilganda, qanday choralar qo‘llaniladi?

— Bizni qonunchiligimizda korrupsiya bilan bog‘liq xatti-harakatlar, ya’ni qilmishlar uchun 3 turdagi javobgarlik belgilangan. Bular intizomiy, ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik. Intizomiy jazo mehnat munosabatlari bilan bog‘liq holatlar, hayfsan, oylik maoshidan ushlab qolish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish. Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy jarima jazo chorasi, jinoiy holat esa alohida mavzu. Bizni jinoyat qonunchiligimizda korrupsiya degan alohida jinoyat tarkibi yo‘q. Jinoyat qonunchiligimizda bu o‘z ichiga bir nechta jinoyatlarni qamrab oladi.

Masalan, jinoyat kodeksining 167-moddasi – o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, 168-moddasi – firibgarlik. Aynan firibgarlik jinoyatini mansabidan foydalanib sodir etsa, ushbu javobgarlik belgilanadi. Aytaylik, davlat boshqaruvi tartibiga qarshi jinoyatlar 205-moddadan to 214-moddagacha, 210-modda – pora olish, pora berish, vositachilik qilish kabi jinoyatlar, shuningdek 242-modda – jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish hamda jinoyat kodeksidagi 301- moddasi harbiy jinoyatlar bilan bog‘liq.

Mehnat kodeksining 79-moddasida qarindosh-urug‘chilik holatlariga alohida urg‘u berilib, yaqin qarindoshlarni o‘zaro bo‘ysunuvida ishlash mumkin emasligi to‘g‘risida qoida belgilangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CXb6o_q1reY" title="KORRUPSIYAVIY HARAKATLAR UCHUN QANDAY JAZO CHORALARI QO‘LLANILADI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, davlat xaridlari sohasida ko‘p hollarda manfaatlar to‘qnashuvi uchraydi. Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonuniga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu davlat xaridlari tartib-tamoyilini buzish, ya’ni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish holatlari sodir etilganda, ma’muriy javobgarlik kodeksining 215-8 moddasi bilan javobgarlik belgilanadi.

Ayrim belgilangan cheklovlarga nisbatan afsuski, bugungi kunda qonunchiligimizda javobgarlik masalasi nazarda tutilmagan. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgan va tegishli instansiyalarga yuborilgan.

Endilikda qonunchilik bilan aynan davlat organlari tashkilotining mansabdor shaxslari shunday holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, tegishli instansiyalarga yuborilmoqda.

Aytaylik, davlat organlari tashkilotlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish xatti-harakatlariga yoki manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganda, uning oldini olish chorasini ko‘rmaganda, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘z vaqtida yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ushbu shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan. Tez orada bu amaliyotga tatbiq etiladi.

N. Rahmonova, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaviy harakatlar uchun qanday jazo choralari qo‘llaniladi? (+video)