Korrupsiya – ijtimoiy barqarorlik kushandasi. Bu illat mamlakatlar rivojiga katta xavf solib, uning ayanchli oqibatlaridan jamiyat aziyat chekaveradi. Bu borada yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari qanday?

– Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunda dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri, – deydi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Mirshod Xo‘jayev. – Mamlakatdagi korrupsiya darajasi xalqaro maydondagi ham siyosiy, ham iqtisodiy nufuziga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar, investitsiyalar hajmi, teng shartlarda ikki tomonlama shartnomalar imzolash kabi masalalarda ushbu mezon ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Ushbu illat to‘g‘risidagi xavotirli mulohazalar dunyoning eng yuqori minbarlarida ham tez-tez yangramoqda. Bu borada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jahon hamjamiyati korrupsiya tufayli har yili 2,6 trillion AQSH dollari miqdorida zarar ko‘rayotganini ta’kidlaganining o‘ziyoq masalaning mohiyatini namoyon etib beradi. 

Keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buni sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rishmiz mumkin. Xususan, korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsadlari qatoridan joy oldi.

Korrupsiyaning davlatlar iqtisodiyoti, siyosati va ijtimoiy hayoti uchun halokatli ta’sirga ega ekanligini jonli misollar orqali bir nechta mamlakatlar inqirozida ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali amaliyotga ega bo‘lgan Singapur, Shvetsiya, Finlyandiya kabi bir qator mamlakatlar bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar qatorida e’tirof etiladi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nafaqat javobgarlik muqarrarligini ta’minlash yo‘nalishida, balki korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ham samarali ishlar olib borilmoqda. 

Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimi tubdan takomillashtirilib, Prezident xalq qabulxonasi, “Ishonch telefoni” hamda “Virtual qabulxona”, shuningdek, har bir vazirlik va davlat idoralarining “ishonch telefoni” va “virtual qabulxona”lari ishga tushirildi.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash mexanizmlari, shuningdek, jamoatchilik nazorati institutlari tubdan takomillashtirildi. Raqamli va onlayn texnologiyalarning keng qo‘llanilishi davlat organlarining jamoat oldida hisobdorligini oshirdi. Bu borada tashlangan eng muhim qadam – davlatimiz rahbari o‘z lavozimiga kirishgandan so‘ng ilk qonun hujjatlaridan biri sifatida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni imzolagani bo‘ldi. 2017 yilda qabul qilingan ushbu qonun bilan “korrupsiya”, “korrupsiyaviy huquqbuzarliklar”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga ta’rif berildi.

“Transparency international” tashkiloti korrupsiyani qabul qilish indeksining 2022 yil uchun reytingida O‘zbekiston 2019 yilga nisbatan 27 pog‘onaga ko‘tarilib, indeks bahosida qatorasiga 6 yil davomida ijobiy tomonga barqaror o‘sdi.

– Har bir mamlakat o‘z taqdirini, kelajagini o‘zi belgilaydi. Qaysiki illat yurt rivojiga to‘sqinlik qilsa, unga qarshi astoydil kurashish lozim, – deydi Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Mansur Ergashev. – Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi tushuniladi.

Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etishdir. 

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek, manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berishdir.

Yuqoridagi barcha jinoyatlar uchun qonundagi eng yengil jazo bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima bo‘lsa, og‘ir jazo o‘n yildan, o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoni aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Demak, odamlar ongida huquqiy tushuncha, tasavvur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlargina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari ya’ni huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash, adliya organlari xizmati, prokuratura va boshqalar haqida ham tushunchalar bo‘lishi zarur.

– Chuqur o‘ylab qarasak, poraxo‘rlik insonning nafsi, ma’naviyati, dunyoqarashi, e’tiqodining qandayligiga qarab yuzaga keladi. Agar insonning nafsi yomon, iymoni sust bo‘lsa, u birovdan ta’ma qilishga qo‘rqmaydi, o‘zganing molini yeydi, – deya fikrini boshlaydi filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov. – Ayrimlar moddiy yetishmovchilik kishini birovdan ta’ma qilishga majbur etadi, deb hisoblashadi. Lekin shunday insonlar borki, uyida bir burda noni qolmasa ham, birovning haqini yemaydi. Hech kimdan hech nima talab qilmay, boriga qanoat qilib yashaydi. Ba’zilar hamma narsasi to‘la-to‘kis bo‘lishiga qaramay, doimo nimaningdir ilinjida manfaat kutib yashaydi. E’tibor bersangiz, ayrimlar o‘z ishida yoki hayotida yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilishni xohlaydi yoki boshlig‘iga yaqin bo‘lib olishni, uning nazariga tushishni istaydi. Buning uchun u kerakli odamning “og‘zini yog‘lash” zarur deb o‘ylaydi. Shu xususda yana bir gap: kishilik jamiyatida poradan ham yomonroq narsa bor. Bu nepotizm, ya’ni favoritizm, yanada soddaroq aytsak, qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik. U jamiyatda mavjud boshqaruv tizimiga jiddiy, kechirilmas darajada zarar yetkazadi.

– Korrupsiya haqida gap ketganda, jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan va rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan illat, deb tushunish mumkin, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fani o‘qituvchisi Shahzod Boymurodov. – Rivojlangan davlatlardan tortib qashshoq mamlakatlargacha poraxo‘rlikka qarshi kurashishga harakat qilib keladi. Millat tanlamaydigan bu illat tufayli demokratiya unsurlariga putur yetadi, inson huquqlari buziladi, iqtisodiyot tarmoqlarining orqaga ketishi natijasida hayot sifati yomonlashadi, jinoyatchilik avj oladi. Korrupsiyaning keng ildiz otishiga fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasi pastligini sabab sifatida ko‘rsatish mumkin. O‘z huquqini bilgan odam qonunlarga amal qiladi.

Masalan, shifokor bemordan ta’ma qilsa, cho‘ntagiga qarab uning dardiga davo izlasa, bu holatni qanday izohlash mumkin? U qasamyod qilganda halol, o‘z kasbiga fidoyi bo‘lishga va’da berganku! Ammo ko‘p hollarda kasbga xiyonat qilinadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki, noto‘g‘ri tashxislar, ko‘plab kasalliklarning o‘tib ketishi va oxir-oqibat bemor hayotining xavf ostida qolishi ayrim shifokorlarni bemor tomonidan o‘z vaqtida “rag‘batlantirmaslik” sababli yuzaga kelayotgan ekan. Xullas, shunga o‘xshagan u yoki bu sabab bo‘lib olingan “hadya” baribir egasiga “yuqmaydi”. Taassufki, bu oddiy haqiqatlarni hamma ham tushunib yetavermaydi. 

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib anglash mumkinki, korrupsiyaga qarshi yoshu qari ma’rifat bilan kurashsagina, jinoyatning ildizini quritishga erisha olamiz. 

O‘zA muxbiri

O‘tkir Alimov yozib oldi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga qarshi yoshu qari ma’rifat bilan kurashmog‘i lozim