Korrupsiyaga qarshi kurashishda rahbarlar hisoboti tinglandi
Toshkent shahar hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy omillarning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlik hamda hisobdorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan tadbir tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar prokurori v.v.b. Anvar O‘rmonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Bosh prokuror va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosini sifatli ta’minlash yuzasidan ma’lumot berdi.




Shuningdek, tadbir davomida mas’ul tashkilotlar rahbarlari tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlari, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari tinglandi.


Tadbir yakunida Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni jamoatchilikka ochiq va muntazam yetkazib borish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA