Joriy yilning 5 mart kuni Prezidentimiz raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga yetkazish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida seminar o‘tkazildi.
Videoselektor ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan seminarda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Ushbu g‘oya asosida ishlar olib borish kerakligi aytib o‘tildi.
Korrupsiyani keltirib chiqaradigan omillarga barham berish va korrupsiya jinoyatlariga jazo muqarrarligi xalqaro tajribalar misolida ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga korrupsiya sohasida so‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda qonunlarga rioya qilish, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish kabi usullar ustuvor ekani misollar bilan keltirib o‘tildi.
Seminar mashg‘uloti interaktiv tarzda olib borilib, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pO15cowT1Ko" title="“Korrupsiyaga qarshi kurashish –umummilliy vazifa”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA