Korrupsiyaga qarshi kurashish – muhim vazifa
Andijonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududda amalga oshirilgan ishlar, uni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish va bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya a’zolari, hokimlik mutasaddilari, masalaga daxldor boshqa tashkilot, korxonalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva hududda sodir etilgan korrupsion jinoyatlar haqida ma’lumotlar berib, ularni keltirib chiqarayotgan sabab va omillar xususida to‘xtaldi.
[gallery-7317]
Korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirdi. Shuningdek, yig‘ilishda Moliya vazirligi vakili Bahrom O‘tambetov, hududiy komissiya a’zosi Mansur Boboxonov Asaka tumani hokimligida olib borilgan o‘rganishlar, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Yusupov esa tibbiyotning quyi tizimlarda uchrayotgan korrupsion jinoyatlar, viloyat prokurori o‘rinbosari Doniyor Masaliyev ijro hokimiyat organlarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilayotganligiga qaramasdan, viloyatda korrupsiya holatlarining uchrayotganligi bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
F.UBAYDULLAEV,
Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA