Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchaning burchi
“Navoiyuran” davlat korxonasida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Yosh avlodga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” DK ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi hamda uning tarkibidagi Zafarobod kon boshqarmasi, Navoiy sanoat maydoni va Janubiy kon boshqarmasi ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limlarining harbiy xizmatchilari ishtirok etishgan tadbirda Navoiy harbiy prokurori Jo‘rabek O‘rinov, viloyat IIB JQB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi mas’ul xodimi Odil Quljonov va boshqalar so‘zga chiqishib, korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar, uni keltirib chiqaruvchi omillar, hamkorlikda kurashish samaradorligi to‘g‘risida gapirdi.
Uchrashuvda Navoiy viloyati IIB tomonidan 2022 yilda viloyatda ta’magirlik va poraxo‘rlik holatlarini sodir etgan mansabdor shaxslar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbir so‘nggida mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari