Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida “O‘zbekipaksanoat” va “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmalari xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish kabi masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullari, etika qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA