Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligi xususida tushunchalar berildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 51-son manzil-koloniyasida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi қонуннинг mazmun-mohiyati, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.

Tadbir Institut katta o‘qituvchisi Shohjahon Jumayev tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida olib borildi. Jarayon davomida “Keys-stadi”, “Role play”, “Bumerang” va “Sokratik” kabi interfaol metodlardan samarali foydalanilib, ishtirokchilarning faolligi, muloqot madaniyati, huquqiy bilimlari hamda tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, qonunchilikdagi yangiliklarni amaliyotga samarali tatbiq etish hamda huquqiy bilimlarni yanada oshirishga xizmat qildi.
G.Boboyeva, O‘zA