Korrupsiya hozirgi davrda ko‘pqirrali illat hisoblanib, uni chuqur o‘rganish va oldini olish uchun kompleks va tizimiy yondashuvni davlat va jamiyat, nazariya va amaliyotning kuchlarini birlashtirishni taqqoza etadi. Eng avvvalo korrupsiyaning paydo bo‘lishining ob’ektiv va sub’ektiv sabablarini o‘rganish, shu sababalarni davlatchilik rivojlanishining mana shu bosqichidagi rivojlanishi bilan taqqoslash, shundan keyin korrupsiyaning kelib chiqishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini yo‘qotishga yo‘naltirilgan amaliy qadamlarni tashlash va bu illatning oldini olishga qaratilgan turli yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar majmuini ishlab chiqish zarur.

Jinoyat huquqida korrupsiya iborasi davlat idoralarida ishlaydigan mansabdor shaxslarning yoki davlat xizmatchilarining uyushgan guruh, shuningdek, boshqa jinoyatchi shaxslar bilan o‘zaro til biriktirib jinoyat sodir etishi yoki ularni jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratib berishini anglatadi.

Mansabdorlik jinoyati korrupsiyaning ko‘rinishlaridan biri hisoblanib, uning xususiyati shundan iboratki, ushbu jinoyatlarni qonunning ijrosini ta’minlaydigan va uni qo‘riqlaydigan shaxslar tomonidan sodir etiladi. Ushbu jinoyatchilikni ko‘pgina g‘arb davlatlarida keng tarqalganligi, ushbu davlatlarda davlat apparatining korrupsiyaga botganligi, bu davlatlar qonun chiqaruvchi organi tomonidan korrupsion illatlarning ko‘rinishlari bo‘lgan poraxo‘rlik, xizmat vakolatini suiste’mol qilish va boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun qattiq jazo turlarini kuchaytirish bilan bir vaqtda, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan xavfsizlik darajasi kamroq bo‘lgan va keng tarqalgan jinoyat turlariga kamroq e’tibor berilgan.

Shu sababli korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni va jinoyatlarni o‘rganish uchun bir qator mansabdorlik jinoyatlarini hamda mansabdor shaxslarning xizmat sohalarini tahlil qilish lozim bo‘ladi.

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatni sodir etish va shaxsning harakatini kvalifikatsiya qilish hamda unga jazo tayinlash jinoyat huquqida katta ahamiyatga ega.

Jinoyatlar orasida korrupsiya o‘ta xavfli hisoblanib, insonning hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkka, davlat barqarorligiga, shuningdek, bir qancha muhim ob’ektlarga zarar yetkazishi bilan jamiyatimizga katta xavf tug‘diradi.

Konstitutsiyaning 19-moddasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdir». Mazkur konstitutsiyaviy qoida huquqiy demokratik davlatda davlat, jamiyat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning negizi qonuniylik bo‘lib, u jamiyatda o‘zaro huquq va majburiyatlarga, ya’ni o‘zaro mas’uliyatga ega bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning tartibga solinishini ta’minlovchi qonun chiqarish tizimiga ega bo‘lish zaruratini belgilaydi. Binobarin, mas’uliyat shunday hodisaki, u inson borlig‘ini tashkil etuvchi uchta asosiy manba: shaxs, jamiyat va davlat faoliyatini tartibga solishning ob’ektiv zaruratini aks ettiradi.

Davlat tomonidan jamiyatni boshqarish insonlar xulq-atvorini (ijtimoiy munosabatlar) ishontirish va majburlov usullari yordamida tartibga solishdan iborat. Shaxslarda amaldagi qonun tizimidagi qoidalarga binoan xulq-atvorga ega bo‘lish zarurligi va maqsadga muvofiqligini anglashni yuzaga keltirish orqali ishontirishni amalga oshirishga erishish mumkin. Ikkinchi usul esa huquqiy normalar qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofazalash maqsadida majburlov choralarini qo‘llash orqali vakolatli huquq tartibot organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, ishontirishdan iborat majburlov usuli bilan huquqiy tartibga solish insonlar xulq-atvoriga huquqiy normalar yordamida maqsadli ta’sir ko‘rsatishni mujassamlashtirgan bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. Binobarin, javobgarlikning o‘zi, umuman olganda, huquqiy munosabatni tashkil qiladi.

O‘zbekiston qonunchiligida javobgarliking quyidagi turlari mavjud:

  • Jinoiy javobgarlik;
  • Ma’muriy javobgarlik;
  • Fuqaroviy javobgarlik;
  • Intizomiy javobgarlik;
  • Moliyaviy javobgarlik.

Jinoiy javobgarlik faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lib, bu belgilari orqali ma’muriy intizomiy fuqaroviy javobgarliklardan farq qiladi:

1. Qo‘llanish asoslari bo‘yicha (faqat JKdagi mavjud modda bo‘yicha);

2. Qo‘llashning mazmuni bo‘yicha (jinoyat uchun jazo sud davlat nomidan tayinlaydi, boshqa javobgarlikda esa unday emas);

3. Javobgarlikning qo‘llanish sub’ekti bo‘yicha farqi (jinoyatda jazoni sud beradi);

4. Qo‘llanish tartibi bo‘yicha farqi (jinoiy jazo faqat JPKda belgilangan tartibda tayinlanadi);

5. Javobgarlikka tortiladigan sub’ektlarning doirasi bo‘yicha farqi (jinoyatda faqat jismoniy shaxs javobgar bo‘ladi, fuqarolikda yuridik shaxs ham).

Korrupsiyaga oid qilmishlar uchun javobgarlik:

  • § Jinoyat kodeksi ( 192-1-192-11, 205-214-moddalar);
  • § Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (15, 61-1, 179-3, 179-5,215-3, 241-1-241-11-moddalar va h.k.);
  • § Mehnat kodeksi (6, 34, 78, 79-moddalar va x.k.).

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

Jinoyat kodeksida aynan korrupsiya uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi aniq modda yo‘q.

2001 yilda chop etilgan Yuridik ensiklopediyasida “Korrupsiya bu o‘zi alohida jinoyat qonunida mustaqil jinoyat tarkibi bo‘lmay, balki bir qator mansabdorlik jinoyatlarini o‘z ichiga qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir”[1] deb ta’rif berilgan.

Binobarin, korrupsiyaga oid jinoyatlarning hususiyatidan kelib chiqib, mazkur qilmishlar faqatgina maxsus sub’ekt xisoblangan mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi bilan tavsiflanadi.

Shu sababli korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganish uchun quyidagi mansabdorlik jinoyatlarini tahlil qilish lozim bo‘ladi.

Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi moddalari:

  • Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish (205-modda);
  • Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (206-modda);
  • Mansabga sovuqqonlik bilan qarash (207-modda);
  • Xokimiyat harakatsizligi (208-modda);
  • Mansab soxtakorligi (209-modda);
  • Pora olish (210-modda);
  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish (243-modda) va boshqalar.

Korrupsiyani keltiruvchi boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, mansabdor shaxs tomonidan quyidagicha sodir etilishi mumkin:

  • § Vakolatidan qasddan noqonuniy foydalanishda (JK 205-modda);
  • § Vakolatlar doirasiga kirmaydigan harakatlarni sodir etishda (JK 206-modda);
  • § O‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida ularni bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmaslikda (JK 207-modda);
  • O‘z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi yoki jinoyatga yo‘l qo‘yishida (JK 208-modda) namoyon bo‘ladi.

Mazkur 205, 206, 207, 208 va 209-moddalar bo‘yicha javobgarlikning umumiy sharti sifatida, ushbu jinoyatlarni sodir etilishi natijasida:

  • Ko‘p miqdorda zarar yetkazish (eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan 500 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar) yoxud
  • Jiddiy ziyon yetkazish (fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini poymol qilish, davlat hokimiyati tegishli idoralarning nufuzi va ishonchining pasayishi) belgilangan.

Korrupsiyaning eng tarqalgan ko‘rinishi bu – poraho‘rlik

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida poraho‘rlik tushunchasi quyidagi 3 turdagi jinoyat bilan ta’riflanadi:

- pora olish,

- pora berish va

- pora olish-berishda vositachilik qilish.

Poraho‘rlikning eng havflisi, bu Jinoyat kodeksning 210-moddasida nazarda tutilgan pora olish jinoyatidir. Mansabdor shaxs tomonidan pora olish jinoyatining ijtimoiy xavfliligining yuqoriligi:

- davlat organi normal faoliyatining buzilishi;

- davlat organi obro‘si tushishi;

- fuqarolarning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchining so‘nishi; hamda

- fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilishiga olib kelishi bilan belgilanadi.

Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar orasida pora olish eng xavfli ekanligi sababli, uni sodir etish uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida, aybdorlar tomonidan katta miqdordagi noqonuniy moddiy boyliklarga ega bo‘layotganligi hammamizga ma’lum.

Chunki korrupsiya illatining asosiy sabablaridan biri, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yoki foydalanish orqali noqonuniy tarzda moddiy qimmatliklarga ega bo‘lish yohud mulkiy manfaatdor bo‘lishdir.

Ushbu daromadlarga qonuniy tus berish va ulardan foydalanish maqsadida, ular tomonidan bunday daromadlarni legallashtirish xarakatlari sodir etiladi.

2015 yil 20 avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-391-sonli Qonuni qabul qilindi va 33 qonun va 10 kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi XIII-1 bob bilan to‘ldirildi:

  • • «XIII-1 bob. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar.

Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid yangi moddalar kiritildi:

  • • 192-9-modda. Tijoratda pora evaziga og‘dirib olish;
  • • 192-10-modda. Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish;
  • • 192-11-modda. Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish;

Ushbu qonunda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiya talablaridan kelib chiqib «Mansabdor shaxs» atamasining yangi tahrirdagi huquqiy ma’nosi quyidagi tahrirda bayon etildi:

  • «Mansabdor shaxs — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs».

“Mas’ul mansabdor shaxs” tushunchasi kodeksdan chiqarib tashlandi. Bu esa o‘z navbatida, JKning 243-moddasida nazarda tutilgan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish” uchun jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Amaliyotda mazkur jinoyatga nisbatan «Pullarni yuvish» kabi nom berilgan.

Mazkur jinoyatning xavfliligi shundaki, uni sodir etish natijasida qonuniy tus berilgan daromadlar yangi jinoyatlarni sodir etishga, kerak bo‘lsa, uyushgan jinoyatchilikning vujudga kelishiga va uni faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishiga olib keladi va shu tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solinadi.

Ushbu jinoyatning xavfliligi yuqori darajada ekanligi sababli, uni sodir etganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurash muntazam va kompleks tarzda olib borilib, ijtimoiy xayotning barcha sohalarini, ayniqsa davlat boshqaruvi va iqtisodiyotni qamrab olmog‘i darkor. Bu borada albatta katta e’tibor korrupsiyani oldini olish chora tadbirlariga qaratilishi bilan bir vaqda jinoiy-huquqiy choralar majmuiga ham e’tibor qaratishimiz joiz. Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar milliy qonunchiligimizning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jihatlarini jiddiy kuchayishiga olib keldi. Ayniqsa 2014 yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasiga kiradi. Lekin bu yo‘nalishda amalga oshiriishi lozim bo‘lgan tadbirlar ko‘lami yanada keng.

Korrupsion jinoyatlarni maxsus profilaktika qilish, bu boradagi maxsus qonunchilikni takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini samaradorligini oshirish, mansabdor shaxslarni huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish, shuningdek, boshqaruv faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlashni talab etadi. Bunday sharoitda, korrupsiyaga oid qonunchilikdagi salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish, yanada keng ko‘rinishdagi ijtimoiy-huquqiy nazoratni kuchaytirish zaruriyati tug‘iladi.

Shuningdek, korrupsion illatlarga qarshi kurashda mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vakolatini suiste’mol qilishni oldini oluvchi maxsus huquqni cheklovchi maxsus profilaktik kompleks tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Farhod SHUKUROV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudi sudyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qanday javobgarlik belgilangan?