Munosabat

Joriy yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar keng jamoatchilikning e’tiborini tortmoqda. 

Ha, davlatimiz rahbarining kuyunchaklik bilan bu masalaga alohida e’tibor qaratishi bejiz emas. Jamiyat rivojiga, adolat qaror topishiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan eng xavfli illat – korrupsiyadir. Shu sababli mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor vazifalariga aylangan.

2017 yil 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Shundan keyingi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan uchta qonun, beshta Prezident farmoni, yettita Prezident qarori qabul qilindi. Bu qonun va qonunosti hujjatlari bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda kengaytirish maqsadlariga xizmat qilmoqda. 

Shu tariqa mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish, uning davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlarining normal faoliyat yuritishiga salbiy ta’siri, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida demokratik o‘zgartirishlarni amalga oshirish, davlat xavfsizligi va barqarorligini saqlashni ta’minlovchi xalqaro huquqiy hujjatlarga hamda Konstitutsiyamizga asoslangan normativ-huquqiy baza yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilgan.

Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. Ya’ni mansabdor shaxsning o‘z vakolatidan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilishi, xizmat vakolatlaridan chetga chiqishi, tanish-bilishchilik, oshna-og‘ayinchilik, qarindosh-urug‘chilik asosida adolat tamoyillariga xilof ravishda inson huquqlariga putur yetkazishi, ayniqsa, poraxo‘rlik, ta’magirlik, davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilishida namoyon bo‘luvchi ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikdir. 

Joriy yilning 5 mart kuni o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Prezidentimizning: – Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak. Shu bois korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish uchun yanada ko‘proq sharoit yaratib, bunga keng jamoatchilikni jalb qilishimiz zarur. Avvalo, nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish lozim. Bu – eng to‘g‘ri yo‘l, – degan murojaati jamoatchilik vakillari va nodavlat tashkilotlariga ham dasturilamal bo‘ldi.

Ta’kidlash lozimki, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ham dasturiy vazifalaridandir. Maqsadimiz – korrupsiyasiz jamiyat qurishda faol ishtirok etish. 

Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari partiyaning dasturiy vazifalari sirasiga kiradi. Shu maqsadda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda barcha hududlarda keng jamoatchilik o‘rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz”, “Qonun ustuvorligi – taraqqiyot garovi”, “Oshkoralik – fuqarolik jamiyatining muhim shartidir”, “Qonun ustuvor bo‘lgan joyda adolat bo‘ladi” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa davlat organlarining mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, korrupsiyaning oqibatlarini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali tushuntirishda yaqindan hamkorlik qilib kelishmoqda. 

Ammo, davlatimiz rahbarining Milliy kengashdagi murojaatidan keyin partiyamizning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlari yetarli emasligiga iqror bo‘ldik. Harakatlarimizni yanada kuchaytirish, yangicha yondashuv va xalqaro tajribalarga asoslangan holda bu boradagi faoliyatimizni qayta ko‘rib chiqish maqsadida Siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishning o‘zidayoq O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Yig‘ilish qarori bilan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar belgilandi va aprel oyi – “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

– birinchi hafta davomida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimida tuman va shaharlar bo‘ylab Mahalla fuqarolar yig‘inlari mehnat jamoalari, aholisi hamda hududda joylashgan korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida “Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda faolligini oshirish – qonun ustuvorligi garovi” mavzusida;

ikkinchi hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida tuman va shaharlar bo‘ylab maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar mehnat jamoalari va o‘quvchilari ishtirokida “Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdir” mavzusida;

uchinchi hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida oliy ta’lim muassasalari, texnikum, kollej va akademik litseylar mehnat jamoalari, talaba-o‘quvchilari ishtirokida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi”  mavzusida;

to‘rtinchi hafta davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida sog‘liqni saqlash muassasalari, shifoxona va poliklinikalar mehnat jamoalari ishtirokida “Sog‘liqni saqlash tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish – ustuvor vazifamiz” mavzusida ommaviy targ‘ibot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, oylik davomida va undan keyin ham, partiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashni targ‘ib etuvchi tarqatma materiallar chop etilib, mahallalar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalarida va jamoat joylarida tarqatiladi. Ko‘rgazmali vositalardan, audio-video materiallaridan keng foydalaniladi.

Biz kelgusida ham bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini izchil davom ettiramiz. Ayniqsa, elektoratimiz sifatida ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari orasida korrupsiyani batamom yo‘q qilishning barcha qat’iy choralarini ko‘ramiz. Albatta, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirishimiz, keng jamoatchilikning ilg‘or munosabatlariga tayanishimiz zarur.

Davlat rahbari ta’kidlaganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishda, sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, siyosiy partiyalar hamkorligi dolzarb ahamiyatga ega. Biz birlashsak, albatta, korrupsiyaning zararli oqibatlarini tushuntirish-targ‘ibot qilish, aholi bilan yuzma-yuz gaplashish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish orqali xalqimizda korrupsiya illatiga nisbatan murosasizlik munosabatini qaror toptirishga erishamiz.

Muxtasar aytganda, jamiyatimizdagi iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazadigan, taraqqiyotimizga to‘siq bo‘ladigan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda barchamiz birdek mas’ulmiz.

Abdukamol RAHMONOV, 

O‘zbekiston “Adolat” SDP 

Siyosiy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi