Munosabat

Bugun axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar kundalik hayotimizning asosiy qismiga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida, raqamlashtirish butun dunyo bo‘ylab hukumatlarni modernizatsiya qilish, ular faoliyatida samaradorlikni oshirish va davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonining ajralmas qismiga aylanmoqda. 

Axborot texnologiyalari, shuningdek, shaffoflikni oshirish, jamoatchilik nazorati uchun ma’lumotlarni taqdim etish, biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, mansabdor shaxslar va fuqarolarning xizmatlardan foydalanishda “vositachilar” bilan o‘zaro munosabatlarida ixtiyoriy vakolatlarini cheklash orqali korrupsiyani kamaytirishda asosiy vosita sifatida baholanmoqda. 

Norvegiya, Finlyandiya, Singapur kabi ko‘plab davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashdagi ilg‘or tajribalari asosida ham raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar muhim rol o‘ynaganini ko‘rishimiz mumkin. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali jarayonlarning shaffofligini oshirish mumkin. 

Masalan, davlat xaridlari, litsenziyalar berish, ruxsatnomalar olish kabi jarayonlarni onlayn platformalar orqali amalga oshirish, mazkur jarayonlarning barcha bosqichlarini kuzatish imkonini beradi va korrupsiya xavfini kamaytiradi. Ochiq ma’lumotlar portallari orqali davlat byudjeti, xaridlar, loyihalar haqidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka ochiqlash esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirib, korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam beradi. 

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ochiq ma’lumotlar portallarini yaratish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina davlat xaridlari sohasini olib ko‘raylik. O‘zbekistonda davlat xaridlarining elektron tizimi joriy etilgandan so‘ng, bu tizim xarid jarayonlarining shaffofligini oshirib, korrupsiya xavfini kamaytirdi. 

Xususan, barcha tenderlar onlayn tarzda o‘tkazilishi, mansabdor shaxslarning “manfaatli” aralashuvini cheklashga xizmat qildi. Natijada, tenderlarda ishtirok etuvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Bu esa raqobatni kuchaytirib, xarid narxlarining pasayishiga olib keldi. Ayrim tenderlarda narxlar 15-20% gacha pasaygan holatlar kuzatildi. Pirovardida byudjet mablag‘larining sezilarli darajada tejalishiga erishildi. 

Joriy yil 5 mart kuni Prezidentimiz Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining yig‘ilishida mamlakatimizda sohalarni raqamlashtirish orqali korrupsiyaning kamaytirilishida erishilgan natijalar va bu borada kelgusida ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratdi. Davlatimiz rahbari korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun, avvalo, inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada har bir sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdi. 

Shuningdek, fuqarolar suv, gaz, elektrga ulanish, subsidiya, pensiya va moddiy yordam olish kabi masalalarda idorama-idora yurmasdan, onlayn javob oladigan tizim bo‘lishi kerakligi, sun’iy intellekt asosida aholining savollariga qo‘l telefoni orqali sodda javob beradigan onlayn platformani ishga tushirish bo‘yicha alohida ko‘rsatma berildi. 

Shuni alohida e’tirof etish kerak, bugun yurtimizda raqamlashtirishni korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili sifatida qaralib, bu borada sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Shunga qaramay, raqamlashtirishning to‘liq samaradorligi uchun qonun ustuvorligi, jamoatchilik nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan siyosiy iroda kabi boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. 

Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va blokcheyn texnologiyalarining rivojlanishi korrupsiya holatlarini aniqlash va oldini olishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Davlat xizmatlarining to‘liq raqamlashtirilishi, ochiq ma’lumotlarning keng tarqalishi va jamoatchilik nazoratining kuchayishi korrupsiya xavfini minimallashtirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni oshiradi, investitsiya muhitini yaxshilaydi va jamiyatda adolat tamoyillarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 

Muhammadali Ubaydullayev,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

Namangan viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya: raqamli texnologiyalarni qo‘llash afzalliklari