Korrupsiya - kelajak kushandasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Yoshlar parlamenti a’zolari Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi. O‘tkazilgan uchrashuvda "Yoshlar - korrupsiyaga qarshi harakat yetakchilari" mavzusida muhokama va o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Interaktiv tarzda tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminar ishtirokchilar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalarni ham berishga qaratildi. Muhokamalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Yoshlar parlamenti tashabbuslari, ularning joylardagi faoliyati va ilgari surayotgan loyihalari haqida ham ma’lumot berildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/z4jvnI5v2DU?si=uVOKUa22QwMf6bhm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV
Abror SODIQOV
O‘zA