Korrupsiya holatlarini ko‘rganda, ko‘pchilik uni ko‘rmaslikka olishga harakat qiladi. Chunki, buni oshkor etish, tegishli organlarga xabar berish o‘sha shaxsning keyingi faoliyati, hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin.

Sir emaski, ko‘p hollarda mas’ul mansabdor shaxslar vakolati ustunligidan foydalanib korrupsiyaga qo‘l uradi. Buni bilgan xodim korrupsiya haqida xabar bersa, ishdan haydalishi hech gap emas. 

Shuning uchun korrupsiya haqida xabar beruvchilar himoyasini ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasida korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifa doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiya va korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

Poytaxtimizda boshlangan V Toshkent Aksilkorrupsiya forumi doirasida o‘tkazilgan sessiyada mazkur qonun loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. 

Tadbirning ochilishida BMT taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Akiko Fujii qonun korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirishga qaratilganini ta’kidladi. Zotan, bu illat unga qarshi oshkora kurashilmasligi tufayli dunyo bo‘ylab ko‘plab sodir bo‘lmoqda. Millionlab dollarlar shu illat tufayli yo‘qolmoqda. O‘zbekiston hukumati korrupsiyaga qarshi kurashish, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirmoqda. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari, xalqaro ekspertlar, vazirlik-idoralar mas’ul xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda xabar beruvchilarni himoya qilishning ilg‘or xalqaro tajribalari, huquqiy asoslar va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirishga oid huquqiy asoslar mavjud bo‘lsa-da, xabar beruvchilarni himoya qilishning aniq mexanizmlari yetarlicha shakllanmagan. 

Shu sababli, xabar beruvchilarni aniq va mukammal himoya qilish uchun qonuniy asoslar yaratilishi zarur. Zero, bunday amaliyot 60 ga yaqin mamlakatda mavjud.

Qonun loyihasi BMT Taraqqiyot dasturi hamda IHTT standartlariga mos holda tayyorlangan bo‘lib, uni tayyorlash jarayonida mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etgan. 

Qonun loyihasida xabar beruvchining huquq va majburiyatlari, davlat organlarining vakolatlari, himoya choralarini qo‘llash va bekor qilish tartibi, xabar beruvchini rag‘batlantirish asoslari hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash mexanizmlari belgilangan.

Xabar beruvchilarning shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash, himoya orderi berish, ish yoki o‘qish joyini o‘zgartirish, hujjatlarni vaqtincha almashtirish, ommaviy axborot vositalari orqali bayonot berish imkoniyatini yaratish kabi choralar nazarda tutilgan. Shuningdek, xabar beruvchilar shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligi ta’minlanishi shartligi belgilanmoqda.

– Korrupsiya haqida xabar berish adolatga erishishni ta’minlaydi, – dedi Akiko Fujii. – Shu bois, ularni himoyalash zarur. Yangi qonunning muhim jihati – xalqaro standartlarga javob beradigan soddalashtirilgan xabar berish elektron tizimi joriy etilayotganidir. Bu har bir xabar shaffof ko‘rib chiqilishini ta’minlashga yordam beradi. Ushbu qonun O‘zbekiston uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish yo‘lida muhim qadamdir. Bu Markaziy Osiyoda qabul qilingan birinchi shunday hujjat sifatida tarixda qoladi. Agar qonun samarali amalga oshirilsa, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashishda mintaqaviy yetakchiga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu tashabbus butun jamiyat, jurnalistlar va fuqarolarning faolligini oshiradi.

Sessiya doirasida korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilishda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, shuningdek, korrupsiya haqida xabar beruvchilarni himoya qilishda xorijiy amaliyot, xususan, Litva tajribasi haqida ma’lumot berildi. 

Tadbirda bildiriladigan amaliy tavsiyalar, taklif va mulohazalar asosida qonun loyihasi yanada takomillashtiriladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XhvC-wKGyis" title="Korrupsiya haqida xabar bergan shaxs qanday himoya qilinadi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Asliddin Alijonov (surat), 

Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korrupsiya haqida xabar bergan shaxs qanday himoya qilinadi? (+video)