Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-tamoyillari takomillashayotgani, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga korporativ boshqaruv tamoyillari keng joriy etilayotgani milliy iqtisodiyotimizning salohiyatini tobora mustahkamlamoqda.

Bugun mamlakatimizdagi qariyb barcha yirik korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan. Korporativ boshqaruv usullari joriy etilgan kompaniyalar safi kengayib bormoqda. Chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar har tomonlama rivojlanmoqda. Ular milliy iqtisodiyotimizning istiqbolini belgilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarmoqda. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini keng joriy etish, ularning faoliyati samaradorligini oshirishda soha mutaxassislarining malaka va mahoratini yuksaltirish, bu borada xalqaro amaliyotni o‘rganish va tatbiq etish, o‘zaro tajriba almashish, professional boshqaruvchilarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mamlakatimizda tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazining alohida o‘rni bor.

Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida mulkchilikning mazkur shakli ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida tashkil etilganini ta’kidladi.

Korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 yangi toifa kiritildi. Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o‘tkazildi. Bo‘shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan malakali yosh mutaxassislar tayinlandi.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi xo‘jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik subyektlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, shuningdek, biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur markazda magistratura va maxsus o‘quv kurslari tashkil etilgan. Ikki yillik magistratura yo‘nalishida xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tadbirkorlik subyektlarining 40 yoshgacha bo‘lgan, oliy ma’lumotli, kamida uch yil ish stajiga ega rahbar va mutaxassislari biznesni boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitilmoqda. Maxsus o‘quv kurslarida magistr darajasiga yoki diplomga ega direktor, menejer va boshqaruvchilar biznesni boshqarish va korporativ boshqaruv bo‘yicha qayta tayyorlanib, malakasini oshirayotir.

Markazda biznesni boshqarish va korporativ boshqaruvda xorijiy tajribani chuqur o‘rganish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini sinovdan o‘tkazish va joriy etish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tuzilmasini tubdan qayta tashkil etishni ilmiy-uslubiy ta’minlash, ularning tashkiliy shakllarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish ustida ish olib borilmoqda.

Ta’lim muassasasida aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlari boshqaruvchilari, kuzatuv kengashi va taftish komissiyalari a’zolari, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, monopoliyaga qarshi tartibga solish, brokerlik, baholash va rieltorlik tuzilmalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ham ko‘zda tutilgan. O‘tkazilayotgan turli xalqaro anjuman va uchrashuvlar malakali mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashish imkonini bermoqda.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazida nafaqat mahalliy pedagoglar, balki yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, xalqaro moliya-iqtisodiyot tashkilotlari mutaxassislari ta’lim beradi. Nazariy tayyorgarlikni amaliyot bilan uyg‘un olib borish maqsadida tinglovchilar xo‘jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik subyektlari, xorijiy kompaniya va ta’lim muassasalariga stajirovkaga yuborilmoqda. Xususan, o‘tgan yili Germaniya va boshqa davlatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi.

Germaniyaning “Daymler”, “Simens”, “BMV”, “Lyuftganza”, “Tissen Krupp”, “MAN”, “Knauf” singari 25 yetakchi kompaniyasi tashabbusi bilan 2002-yilda asos solingan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabida “Biznesni boshqarish”, “Rahbar xodimlar uchun biznesni boshqarish” singari xalqaro standartlar asosidagi o‘quv dasturlari tashkil qilingan. Ta’lim dargohining bir guruh mutaxassis va professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekneftgaz”, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyalari, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zdonmahsulot”, “Dori-darmon”, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari singari yirik korxonalarning rahbar xodimlari korporativ boshqaruv usullari bo‘yicha o‘qitildi.

– O‘zbekiston bilan hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda, – deydi “Simens” kompaniyasining strategiya va biznes taraqqiyoti bo‘yicha direktori Karsten Xasbax (Germaniya). – O‘tgan yillarda mamlakatingizda ko‘plab loyihalarni amalga oshirdik. O‘zbekiston jo‘g‘rofiy joylashuvi va iqtisodiy imkoniyatlari bilan germaniyalik ishbilarmonlar uchun g‘oyat jozibador. Xalqaro konferensiyalar, simpozium, biznes forum va uchrashuvlar turli yo‘nalishlar qatori kompaniyalarni samarali boshqarish borasida o‘zaro tajriba almashishga, hamkorlikni yanada rivojlantirishga, qo‘shma biznes loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Vena moliyaviy hisobdorlik tizimini isloh qilish markazi rahbari Anri Fortinning fikricha, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni rag‘batlantirish aksariyat davlatlarda dolzarb vazifadir. O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha puxta o‘ylangan strategiyaning amalga oshirilayotgani va menejerlarning chuqur bilimga ega ekani ushbu jarayon muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Biznesni kapitalsiz izchil rivojlantirish mushkul. Investorlarning boshqaruv va nazorat tizimi ishonchli bo‘lmagan kompaniyaga sarmoya kiritmasligi tabiiy. Zero, korporativ boshqaruv investitsion qarorlarni qabul qilishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, har qanday sarmoyador korporativ boshqaruv tizimi har tomonlama puxta yo‘lga qo‘yilgan kompaniyaga investitsiya kiritishni ma’qul ko‘radi.

Mamlakatimizdagi qulay biznes muhiti, xorijiy sarmoyadorlarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan imtiyoz va kafolatlar xorijlik ishbilarmonlarning yurtimiz iqtisodiyotiga qiziqishi va ishonchini tobora oshirmoqda.

– O‘zbekistonda faoliyatimizni 1991-yilda yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi Janubiy Koreyaning “Shindong Enerkom” kompaniyasi prezidenti Kim Yun Suk. – Mamlakatingizning iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bevosita guvohmiz. Prezident Islom Karimov rahnamoligida erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish borasida g‘oyat oqilona siyosat yuritilmoqda. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiyalash jarayonlari natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil taraqqiy etmoqda. Shu bois xorijiy investorlar mamlakatingizga hech ikkilanmay sarmoya kiritmoqda. Kelgusida ham qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiramiz.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va xalqimiz hayoti farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Korporativ boshqaruv – samaradorlikning muhim omili