Koronavirusga qarshi emlandingizmi?
#men_vaksina_oldim aksiyasining navbatdagi ishtirokchisi Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev bo‘ldi.
Rektor va institut jamoasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan boshlangan mazkur aksiya doirasida koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.
– Koronavirus pandemiyasini jilovlash hamda sog‘lig‘imizni munosib himoya qilishning birdan bir yo‘li, kasallikka qarshi emlanishdir, – deydi J.Rizayev. – Emlanish – faqat bir odam emas, jamiyat sog‘ligi uchun ham muhim. Shunday ekan, virusga qarshi vaksina olib, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligini asrashga ko‘maklashing.
Mohigul Qosimova, O‘zA