Koronavirus suvda qancha vaqtda oʻladi?
Bundan avval amerikalik olimlar ultrafioletli nur koronavirusni oʻldirishini isbotlagani haqda xabar berilgan edi.
Koronavirusning qariyb hammasi (90 foizi) uy haroratidagi suvda 24 soat mobaynida halok boʻladi, 99,9 foiz patogenlari 72 soatda oʻladi, deb maʼlum qildi “Rospotrebnadzor” matbuot xizmati “RIA Novosti”ga.
Koronavirus SARS-CoV-2 ning yashash qobiliyati ustidan tadqiqot olib borgan “Vektor” ilmiy markazi olimlarining aniqlashicha, dexlorlashtirilgan va dengiz suvida virus koʻpaymaydi, biroq yashab qolishi mumkin. Shu bilan birga, uning faollashuvi suv haroratiga ham bogʻliq ekan. Masalan, qaynayotgan suvda koronavirus zarralari butunlay halok boʻladi.
Bundan avval amerikalik olimlar ultrafioletli nur koronavirusni oʻldirishini isbotlagani haqda xabar berilgan edi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, hozirgacha butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning soni 17 million kishiga yaqinlashib qoldi, 650 ming bemor pandemiya qurboni boʻlgani aytilmoqda.