Koronavirus suv orqali yuqadimi?
Dengiz yoki basseynda choʻmilganda, SPA-salonlarida muolaja olganda koronavirusdan zararlanish ehtimoli juda kam ekan.
Dengiz yoki basseynda choʻmilganda, SPA-salonlarida muolaja olganda koronavirusdan zararlanish ehtimoli juda kam ekan. Ispaniya Ilmiy tadqiqotlar oliy kengashi (CSIC) olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Izlanuvchilarning qayd etishicha, dengiz suvi tarkibidagi tuzlar eruvchanlik bilan birgalikda virus faollashuviga zid keladigan xususiyatga ham ega ekan. Bundan tashqari sunʼiy suv havzalari, yaʼni basseynlar va SPA-salonlarda virus faoliyatini susaytirishga xizmat qiladigan dezinfeksiya vositalari keng qoʻllanadi. Qolaversa, saunalar, bugʻli hammomlarda doimiy havo harorati zararkunandalarni halok qiladigan meʼyorda, yaʼni +60 darajadan yuqori boʻladi.
Binobarin, daryolar, koʻllar, chuchuk va qayta ishlanmagan suvli havzalarda virusning yashovchanlik darajasi yuqori boʻladi. Demak, aynan shunday joylarga borganda barcha zarur ehtiyot choralarini koʻrib qoʻygan maʼqul.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koronavirus yuqishi xavfi quruqlikda, yaʼni qumli plyaj yoki suv havzasi qirgʻogʻida nisbatan koʻproq. Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari dengiz suvi tarkibidagi tuzlar va quyoshning ultra binafsha nuri hamda yuqori darajagacha qizigan qumning uygʻunlashgan taʼsiri ham virus faolligini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkinligini taxmin qilishgan.