Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Koronavirus infeksiyasining qisqa muddat ichida global miqyosda tarqalishi deyarli barcha mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatning yomonlashuviga olib kelmoqda.

Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqa xalqaro institutlar 2020-yilda jahon iqtisodiyotining pasayishini prognoz qilmoqda, karantin muddatlarining choʻzilishi tufayli ushbu prognozlar global ishlab chiqarish hajmlarining yana-da pasayishi tarafiga oʻzgarmoqda.

Karantin davri Oʻzbekistonda asosan joriy yilning II choragiga toʻgʻri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi Davlat byudjeti barqarorligiga xavf tugʻdirmoqda. Shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizatsiya qilish va karantin muddatlari choʻzilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha muhim tadbirlarni, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya va nafaqalar hamda ustuvor davlat dasturlarini oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish maqsadida:

1. 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan taqchilligi mavsumiy omillarni inobatga olgan holda asosan joriy yilning II choragiga toʻgʻri kelishi va koronavirus pandemiyasi oqibatida qoʻshimcha byudjet xarajatlarining yuzaga kelishi tufayli taqchillikning ushbu chorakda yana-da oshishi kutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Quyidagilar koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish;

muhim ijtimoiy xarajatlarning toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash;

jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga koʻchirish;

davlat dasturlarini bajarishga yoʻnaltiriladigan byudjet mablagʻlarini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligini inobatga olish;

davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha majburiyatlarning toʻliq bajarilishini taʼminlash;

byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish boʻyicha masʼuliyatini oshirish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli darajadagi byudjet tushumlarini, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aksiz soligʻi boʻyicha oʻtkazmalarni, byudjet ssudalarini hamda boshqa mablagʻlarni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yoʻnaltirsin:

koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarga, jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularni jihozlashga;

ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga;

oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni qoplashga;

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarni oʻz vaqtida va toʻliq moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga byudjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib borsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020-yilning 16-martidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoʻshimcha ustamalar toʻlash boʻyicha taklif kiritsin;

besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qoʻshimcha ravishda binolar qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch kun muddatda barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini taʼminlash maqsadida:

Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari xarajatlarini maqbullashtirish;

2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish orqali karantin davrida barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligini taʼminlash boʻyicha qaror qabul qilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yoʻnaltirish vakolati berilsin.

Vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari joriy yil 1-avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni toʻxtatsin, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;

tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta koʻrib chiqilishi va oʻzgartirilishini taʼminlasin hamda ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda koʻrib borsin;

ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar va tashkilotlarda 2019-yil uchun olingan va 2020-yilda olinadigan sof foyda boʻyicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni toʻligʻicha Davlat byudjetiga oʻtkazish yuzasidan tegishli choralarni koʻrsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Vazirlar Mahkamasi joriy yil 1-iyuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamgʻarmalar uchun yagona mehnatga haq toʻlash tizimini tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn besh kun muddatda:

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladigan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan investitsiya loyihalarini tanqidiy koʻrib chiqib, ayrim loyihalarni kechiktirish boʻyicha tegishli qaror qabul qilsin;

koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarni optimallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi mazkur qarorda koʻzda tutilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.

11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

            Prezidenti                                  Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 15-aprel

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатлар
23:31 / 15:04:2020