Koronavirus O‘zbekistonga kelishi mumkinmi?
O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasida aniqlangan va tarqalayotgan koronavirus kasalligi kirib kelishi mumkinmi?
O‘zbekistonga Xitoy Xalq Respublikasida aniqlangan va tarqalayotgan koronavirus kasalligi kirib kelishi mumkinmi? Bu haqda "Kongres-xoll" majmuasida o‘tayotgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’lumot berildi.
“Koronavirus havo tomchi yo‘li orqali odamdan-odamga yuqadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus holati aniqlanmadi. Bu kasallikni oldini olish uchun gigienaga rioya qilish lozim. Kechagina Bosh vazir tomonidan majlis tashkil etilib, Sog‘liqni saqlash, Tashqi ishlar vazirliklariga kasallik bizga kirib kelmasligini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Chegarachilar hushyorlikni oshirmoqdalar.
Lekin, shuni qayd etish lozimki O‘RVIda ham o‘lim holatlari 2,4 foizni tashkil etadi”, dedi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliev.
Yoshlar ittifoqi 20 ming yangi ish o‘rnini yaratmoqchi. Tashkilot buni qanday uddalaydi?
“Kongres xoll“da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi davom etmoqda. Yoshlar ittifoqi raisi Prezidentning parlamentga Murojaatnomasi yuzasidan fikr mulohazalari va rejalarini aytib o‘tdi.
“Prezidentimizning Murojaatnomasidagi eng asosiy masalalardan biri — yoshlar mavzusi. Yoshlarga ish o‘rinlari yaratib berish, ularni ish bilan ta’minlash bu sohadagi asosiy vazifalardan biri. O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lsa, shuncha yosh bilan bitta tashkilot ishlay olmaydi. 2020 yilda oldimizga qo‘ygan maqsad avvalgilardan farqli o‘laroq, barcha tashkilotlarga yoshlar bilan ishlash usullarining namunalarini ko‘rsatmoqchimiz. Shu yil yoshlar uchun 15-20 ming yangi ish o‘rni yaratishni reja qilganmiz”, dedi Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullaev.
Qiziq, savol tug‘iladi. Yoshlar ittifoqi ishlab chiqaruvchi tashkilot emas, u qanday qilib 20 ming nafar yoshlarga ish o‘rinlari yaratmoqchi?