Koronavirus Janubiy Koreyada ham tez tarqalmoqda
Bu yerda hozirgacha virus yuqtirib olganlar soni 433 kishiga yetdi.
Bu yerda hozirgacha virus yuqtirib olganlar soni 433 kishiga yetdi.
Koronavirus mamlakatning Tegu shahri va Kyonsan-Pukto viloyatida ayniqsa tez tarqalmoqda, deb maʼlum qildi Koreya respublikasi bosh vaziri Chon Se Gyun.
“Tegu shahri va Kyonsan-Pukto viloyatida soʻnggi paytlari koronavirusdan kasallanganlar soni tez ortmoqda, shu bois bu joylar “yuqumli kasalliklardan nazorat qilinadigan alohida hudud“, deb eʼlon qilinadi va ofatni bartaraf qilish uchun keskin choralar koʻriladi“, — dedi Chon Se Gyun koronavirusga qarshi kurash boʻyicha markaziy shtabning kengaytirilgan majlisida.