Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 7 nafari butunlay sogʻaydi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar berishicha...
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar berishicha shifokorlarimiz saʼy-harakati tufayli yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning dastlabki 7 nafari butunlay sogʻaydi.
Ular Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qoʻyildi. Kasallikdan xalos boʻlgan fuqarolarimiz maʼlum muddat shu yerda karantinda boʻlishadi.