Koronavirus davri saylovlari: Qayerda? Qachon?
Karantin nafaqat jahon iqtisodiyotiga, balki demokratik jarayonlarga ham sezilarli salbiy taʼsir oʻtkazdi.
Karantin nafaqat jahon iqtisodiyotiga, balki demokratik jarayonlarga ham sezilarli salbiy taʼsir oʻtkazdi.
Masalan, koronavirus tarqalishi tufayli bir qator davlatlarda demokratik qurilish asosi hisoblangan saylovlarni ortga surishga toʻgʻri keldi. Ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan xabarlarga koʻra, pandemiya dunyo siyosiy hayotida quyidagi oʻzgarishlarga sabab boʻldi:
Rossiya – Prezident Vladimir Putinga yana bir bor qaytadan saylanish imkonini taqdim etishi kutilayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritilishi 22-apreldan nomaʼlum muddatga qoldirildi;
Armaniston – Konstitutsiyaviy referendum kamida 50 kun ortga surildi;
Chili – Konstitutsiyaviy referendum 26-apreldan 25-oktyabrga koʻchirildi;
Mikroneziya – Joriy yilning mart oyida oʻtkazilishi lozim boʻlgan Truk oroli mustaqilligi masalasiga oid referendum 2022-yilda boʻlib oʻtadi;
Suriya – Parlament saylovlari kuni 13-apreldan 20-mayga oʻzgartirildi;
Shimoliy Makedoniya – Parlament saylovlari endi avval rejalashtirilganidek 12-aprelda oʻtkazilmaydi. Hozircha mazkur muhim siyosiy voqea qachonga belgilanishi boʻyicha bir qarorga kelingani yoʻq;
Shimoliy Kipr – Prezident saylovlari 26-apreldan 11-oktyabrga koʻchirildi.