Ko‘rik-tanlov: “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul”
Sirdaryo viloyati Shirin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan, “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Unda shahardagi 7 ta mahallaning faol nuroniylari ishtirok etdi. Mahalla nuroniylari "Bir nuroniy – o‘n nafar yoshga murabbiy" tamoyili asosida o‘zi istiqomat qilayotgan mahallada ish yuritib, tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarga biriktirilib, ularning muammolarini bevosita hal etishga yordam beradi. Qolaversa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mamlakatda oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalanishiga va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hissa qo‘shadi.
Tanlovda Amir Temur mahallasidan Ra’no Rahmonqulova 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 2-o‘ringa "Do‘stlik" mahallasidan Tursunoy G‘aybullayeva, 3-o‘ringa bunyodkorlik Xolmuhammad Xalilov, 4-o‘ringa esa nurobodlik Pardaxol Boboyorova munosib ko‘rildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan nuroniylarga "Mahalla" xayriya jamoat fondi hisobidan pul mukofotlari topshirildi.
Birinchi o‘rin sohibi Ra’no Rahmonqulova tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadi.
O‘zA