Koreya Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganish, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Irmatov ushbu davlatda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida bugun mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda Puchon shahrida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yurtdoshlarimiz bilan ularning ish va yashash sharoitlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida, xususan, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar hamda joriy yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan Prezident saylovlarida faol ishtirok etishlari uchun saylov uchastkalari va unda ovoz berish haqida ma’lumot berildi.
Yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida muammolarga duch kelganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan Koreya Respublikasining boshqa shaharlarida ham ana shunday uchrashuvlar tashkil etish rejlashtirilgan.