Ko‘p yillik daraxtlar nega kesildi?
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani hududida ko‘p yillik daraxtlar kesilganligi haqida xabar e’lon qilindi.
Holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Parkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qiziltog‘ shaharchasi "Oydin" MFY hududidagi manzarali daraxtlarga sanitar shakl berilganligi hamda ayrim qurigan daraxtlar sanitar tartibda kesilganligi aniqlandi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabarida.
Shuningdek, O‘simliklar karantini va himoyasi ITI dalolatnomasiga asosan mazkur daraxtlarni sanitar tartibda kesish uchun Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining 2022 yil 18 yanvardagi 02/14-26-sonli xulosasi berilgan.