Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, xususan, ijtimoiy ob’ektlar, ko‘p qavatli uylarni issiqlik bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda 3 ming 722 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularga 55 ta boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ayni kunlarda 312 ta ko‘p kvartirali uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 6 ta qozonxona, 13 ta qozon va 3,6 kilometr issiqlik tarmoqlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.

Ko‘p qavatli uylarni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlash muhim vazifa sanaladi. Chunki shahar va tumanlarda bu borada muammolar anchagina. Shaharlardagi isitish tizimi ma’nan eskirgan bo‘lib, markazlashtirilgan issiqlik ta’minotidan uzilgan ayrim ko‘p xonadonli uylar ko‘pincha sertifikatga ega bo‘lmagan va yong‘in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz, elektr uskunalari bilan isitilmoqda. 

Bugungi iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berish sifatini oshirish hamda uning uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimiga zamonaviy, tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yangilash hamda modernizatsiya qilishga doir chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Viloyatda ham mazkur yo‘nalishda aniq vazifalar belgilab olingan. Xususan, Farg‘ona shahar Abdulla Qodiriy mavzesidagi ko‘p qavatli uy-joylarni markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash loyihasi shulardan biridir. 

Bu yerda jahon tajribasi asosida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Mazkur texnologiyaning afzalligi shundaki, har qanday o‘ta sovuq ob-havo ta’sirida ham energiya yo‘qotishlarsiz, ko‘p kvartirali uylarga va ijtimoiy soha ob’ektlariga yetarli bosim va haroratda issiqlik uzatiladi.

Qariyb 140 milliard so‘m respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan Farg‘ona shahar Abdulla Qodiriy mavzesida joylashgan 203 ta ko‘p qavatli uy hamda 29 ta ijtimoiy soha ob’ektini “RK-3” markaziy qozonxonasi orqali markazlashgan issiq suv va issiqlik bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu boradagi dasturga asosan 2023-2024 yillarda 73,4 kilometr magistral issiqlik tarmoqlari yangilandi. Zamonaviy ITP (individual issiqlik punktlari)ni o‘rnatish ishlari doirasida bugungi kunda “426 XKMK” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 

Ushbu loyihaning pirovard maqsadi zamonaviy tejamkor va kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish asosida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida Abdulla Qodiriy mavzesidagi 203 ta ko‘p qavatli uyda bir issiqlik davrida 21 million kub metr tabiiy gaz, 9,5 million kVt elektr energiyasi iqtisod qilinishiga hamda qariyb 10,8 milliard so‘m mablag‘ tejab qolinishiga erishiladi. Mazkur ishlar shahar markazlarida issiqlik ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulay sharoit yaratish, barcha toifadagi iste’molchilarni issiqlik energiyasi va issiq suv ta’minoti bilan ta’minlash imkonini beradi.

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli uylar yangi texnologiyalar asosida isitiladi