Bugungi kunda Andijon viloyatida 2 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati Andijon shahrida joylashgan.

Bir necha yillar avval Andijon shahrida ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitish, issiq suv bilan ta’minlash, umuman to‘xtab qolgan edi. Ya’ni Andijon shahridagi markazlashgan isitish tizimi eskirib, yaroqsiz holga kelib qolganligi, issiqlik uzatish tarmoqlari ta’mirtalab ekanligi, ularni yangilash uchun mablag‘ ajratilmaganligi, qolaversa, belgilangan narxlarning yuqoriligi sababli sohadagi ishlar achinarli ahvolga tushib qolgan edi.  

Bugungi kunga kelib Prezidentimiz, hukumatimiz tashabbusi bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ana shu muammo bartaraf etildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 apreldagi “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Jahon banki” tomonidan ajratilgan investitsiya mablag‘lari hisobidan Andijon shahridagi 3 dona qozonxona hamda 27,5 kilometr uzunlikdagi issiqlik uzatish tarmoqlari yangilandi. Loyiha doirasida shaharning  1-, 2-, 3-, 4- va 5-kichik dahalari, shuningdek, Mashrab ko‘chasidagi 271 ta ko‘p qavatli uy hamda 30 ta ijtimoiy soha ob’ektiga 373 ta individual isitish  punktlari o‘rnatildi.  

[gallery-21021]

– Umumiy qiymati 24 million AQSH dollariga teng mazkur loyiha xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirildi, – deydi “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi rahbari Muhammadzohidjon To‘xtaboyev. – Belgilangan ishlar sifatli amalga oshirilib, issiqlik uzatish tarmoqlari yangilandi, jami 110 megavattli 3 ta qozon hamda 73 ta issiqlik jihozlari o‘rnatildi. Sinov ishlari yakunlanib, hozirda ko‘p xonadonli uylar hamda ijtimoiy soha ob’ektlariga issiqlik yetkazib berilmoqda.  

– Keyingi o‘n yillar davomida shahrimiz kichik dahalaridagi ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi umuman ishlamay qolgan edi, – deydi Andijon shahri, 3- kichik daha, 46-uyda yashovchi, mehnat faxriysi Qahramonjon Umrzoqov. – Xonadonlarni har kim o‘zi bilgancha isitishga o‘tib olgandi. Buning natijasida tabiiy gaz yetishmovchiligi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar odamlarni qiynayotgan edi.  Hukumatimizga rahmat, keyingi ikki yilda isitish tizimi va tarmoqlari yangilandi. Shukr, bugungi ayozli kunlarda uylarimiz issiq, xonadonimizda issiq suv bor, elektrda uzilishlar yo‘q.  Bundan behad xursandmiz.    

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ilgari issiqlik ochiq holatda yetkazib berilgan. Ya’ni suv qozonxonadan xonadonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilar, keyin sovigan suvning haroratini ko‘tarish uchun qozonxonaga yana qaytarilgan bo‘lsa, endilikda ushbu jarayon yangi o‘rnatilgan yopiq tizim asosida bajariladi. Markaziy qozonxonadan issiqlik xonadonga emas, uy yerto‘lasiga o‘rnatilgan uskunaga yuboriladi. Mazkur uskuna uy xonalarida aylanayotgan suvni zarur darajada isitib beradi.  

Isitish davomida maxsus aqlli jihozlar yordamida harorat bir maromda bo‘lishi boshqarib turiladi. Bu yangi isitish tizimining eng asosiy afzalliklaridan biridir.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (foto),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p qavatli uylar issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlandi