Kontrafakt dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
Intellektual mulk agentligi original va kontrafakt dorilar katalogini taqdim etdi. Endi ushbu ro‘yxat orqali dorixonalarda sotilayotgan qalbaki dorilarni bilishingiz va ular haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Qolaversa, u qalbaki dorilar sotish uchun qonuniy javobgarlik borligi to‘g‘risida ogohlantiradi.
Katalog orqali eng ko‘p qalbaki mahsulotlar “Merrymed Farm” tomonidan ishlab chiqarilganligini ko‘rish mumkin. Ularning barcha dori-darmonlari MER prefiksidan boshlanadi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘ZA