Konstitutsiyaviy sud amaliyotida elektron iş yuritişdan keng foydalaniladi
2026-yil 15-oktabrda “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun kuçga kirdi.
Qonun bilan joriy etilgan eng muhim yangiliklar, ularning amalda qanday natija berişi haqida Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Abdulhakim Eşmurodov bilan suhbatlaşdik.
– Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan biriga aylangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlari ustuvorligiga oid prinsiplar jamiyatimiz hayotida öz ifodasini topmoqda.

Taʼkidlaş joizki, konstitutsiyaviy odil sudlov sohasini tubdan takomillaştiriş va uni zamonaviy talablarga moslaştiriş muhim vazifalardan biri hisoblanadi. “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun Konstitutsiyaviy sud faoliyatini taşkil etiş bilan bir qatorda, konstitutsiyaviy sud işlarini yuritiş tartibini aniqlaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yangi qonunda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş tartibi, işlarni körib çiqişning protsessual şakllari, raqamli texnologiyalardan foydalaniş, sud muhokamasining oçiqligi, Konstitutsiyaviy sud hujjatlarining yuridik kuçi va ularni ijro etiş, şuningdek, sudning institutsional faoliyatiga oid yangi normalar aks ettirilgan.
– Sud işlarini yuritişning protsessual asoslari, şakllari qanday tartibda böladi?
– Qonunda iş yuritişning asosiy prinsiplari belgilandi. Taraflar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarning protsessual maqomi, taraflarning vakil yoki advokat orqali iştirok etişi, iş materiallari bilan tanişişi, yozma fikr-mulohazalar taqdim etişi hamda zarur şaxslarni sudga çaqiriş haqida iltimosnoma kiritiş huquqlari aniq belgilandi.
Qonunning 28-moddasida elektron şaklda yuritilgan işlar doirasida qabul qilingan hujjatlar yozma şakldagi hujjatlar bilan teng yuridik kuçga ega ekanligi mustahkamlandi.
29-moddada esa elektron iş yuritişning xususiyatlari belgilanib, zarur maʼlumotlarni elektron şaklda taqdim etiş va oliş, sud majlisida videokonferensaloqa orqali iştirok etiş imkoniyati nazarda tutildi.
Maxsus axborot tizimi orqali elektron murojaat qiliş, uni körib çiqiş jarayonini onlayn kuzatiş, mobil ilova orqali iştirok etiş va sud majlislarini töğridan-töğri efirga uzatiş imkoniyatlari ham belgilandi.
– Murojaatlarni qabul qiliş va körib çiqişga tayyorlaş tartibi qanday tizimlaştirildi?
– Kelib tuşgan murojaatlarni örganiş bir neça protsessual bosqiçlarga ajratildi. Murojaat röyxatga olinib, dastlabki tarzda örganiladi.
Bunda uning Konstitutsiyaviy sud vakolatiga taalluqliligi, murojaat qiluvçining vakolati va qonunda belgilangan boşqa talablarga rioya etilgani tekşiriladi.
Şikoyatga sud qarorlari, zarur hujjatlar va boşqa materiallarni ilova qiliş, şuningdek, sudda himoyalanişning mavjud vositalaridan foydalanilganini körsatiş talab etiladi.
Fuqaroning iltimosiga köra, qonunçilikka muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokat iştirokini taʼminlaş çoralari köriladi.
– Sud majlisini ötkazişning texnik va protsessual jihatlari qanday amalga oşiriladi?
– Audio va videoyozuvlardan foydalaniş, oçiq sud majlisini videokonferensaloqa vositasida ötkaziş, iştirokçilarning vakolatlarini elektron şaklda tasdiqlaş, sud majlisi bayonnomasini elektron tarzda şakllantiriş va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaş imkoniyatlari belgilandi. Konstitutsiyaviy sud taşabbusi bilan sud majlislarini töğridan-töğri efirga uzatiş ham mumkin.
Aytib ötiş kerakki, normativ-huquqiy hujjatlarning, Özbekiston Respublikasining davlatlararo şartnomaviy va boşqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi, şuningdek, Konstitutsiya va qonun normalarini rasmiy şarhlaş masalalari böyiça yakuniy töxtam qaror şaklida qabul qilinadi. Boşqa masalalar böyiça xulosa, protsessual masalalar yuzasidan esa ajrim qabul qilinadi.
Qaror va xulosalar ommaviy axborot vositalarida, Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida va boşqa rasmiy manbalarda qabul qilingan kundan eʼtiboran uç kun içida eʼlon qilinişi şart.
– Sud hujjatlarining yuridik kuçi va ularni ijro etiş mexanizmi qançalik kuçaytirildi?
– Konstitutsiyaviy sud hujjatlari qatʼiy hisoblanadi va ular ustidan şikoyat qilinişi mumkin emas. Agar biror-bir normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilsa, uning amal qilişi tugaydi.
Uni qabul qilgan davlat organi uşbu hujjatni uç oydan keçiktirmasdan yoki Konstitutsiyaviy sud belgilagan muddatda Konstitutsiyaga muvofiqlaştirişi lozim. Şu hujjat asosida qabul qilingan davlat organi qarorlari bir oy içida, sud hujjatlari esa qonunda belgilangan tartibda qayta körib çiqiladi.
Konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisida har yillik Axborot tayyorlaş mexanizmi joriy etildi. Konstitutsiyaviy sud sudlov amaliyotini umumlaştiriş asosida uşbu Axborotni har yili tayyorlaydi. Bu yilning birinçi çoragida sud majlisida körib çiqiladi hamda Oliy Majlis palatalari va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Axborotdagi taklif va tavsiyalarning masʼul davlat organlari tomonidan körib çiqiş natijalari ham Konstitutsiyaviy sudda muhokama qilinişi mumkin.
Sudyalikka nomzodlar zaxirasi Sudyalar oliy kengaşi bilan birgalikda şakllantiriladi. Sud faoliyati davlat byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi va byudjetda alohida satrda nazarda tutilişi saqlab qolindi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning va davlatlararo şartnomaviy majburiyatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaş, Asosiy qonun va qonun normalarini rasmiy şarhlaş, konstitutsiyaviy qonunlar hamda ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunlarni Prezident tomonidan imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini baholaş, şuningdek, referendumga çiqarilayotgan masalalar yuzasidan xulosa beriş kabi işlarni körişning öziga xos tartiblari belgilandi.
– Qonunning qabul qilinişi qanday natijalar beradi?
– Fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erişiş, özlarining buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklaş imkoniyatlari kengaydi.
Sohadagi tartib-taomillar soddalaştirilgani ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etadi. Aholi va tadbirkorlarning sud tizimiga bölgan işonçi ortadi. Eng muhimi, davlat organlari faoliyatida Asosiy qonun ustuvorligi töliq taʼminlanadi.
Eslatib ötamiz, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kirdi. Faqat qonunning 29-moddasi, 58-moddasi ikkinçi qismi va 59-moddasi esa 2028-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
ÖzA muxbiri
Norgul Abduraimova suhbatlaşdi.