“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitalari tomonidan maromiga yetkazilmoqda. Muhokama davomida xalqimizdan kelib tushgan 150 mingdan ortiq taklif asosida ish olib borilmoqda.

bugungi kunda takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 3 ta moddasiga yangi normalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Masalan, Konstitutsiyamizning 26-moddasiga “Shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas”, degan me’yor qo‘shilishi ko‘rib chiqilmoqda.  

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlashga qaratilgan 37-1-modda kiritilmoqda. Unga ko‘ra, “Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag‘batlantiradi”.  

Bundan tashqari, 41-modda quyidagicha to‘ldirilmoqda: “Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi”.  

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasidagi ishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mas’ul qo‘mitalari, Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari, ekspertlar guruhlarida qizg‘in kechmoqda. Xalqimizdan kelib tushgan har bir taklif bahs-munozaralar asosida ko‘rib chiqilib, Bosh qomusimizni xalqchil va puxta qilib tayyorlash ishlari olib borilmoqda.  
 
Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 3 ta moddasiga yangi normalar kiritilishi mumkin