Shu kunlarda hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Asosiy qomus mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotir.

Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, Prezidentimiz boshchiligida bundan olti yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi qabul qilindi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.

O‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasiga sodiq qolib, shu yo‘lda keng ko‘lamli ulkan ishlar amalga oshirildi, katta tajriba to‘plandi.

«Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqib, xalq bilan doimiy muloqot o‘rnatildi, davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yo‘lga qo‘yildi. Davlat organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tobora kengayib bormoqda. Senator va deputatlar, vazir va hokimlar, barcha mansabdor shaxslar quyi bo‘g‘inga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, xalqparvar ijtimoiy davlat barpo etish hamda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan Yangi O‘zbekiston bu yo‘lda qisqa muddatda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgani quvonchlidir.

Darhaqiqat, O‘zbekistonda islohotlar samarasi o‘laroq, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Ularni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat vakillari ko‘rib, bilib turibdi, o‘zlarining ijobiy baholarini berib borishmoqda.

Mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilgani, «Cotton Campaign» tomonidan o‘zbek paxtasiga nisbatan boykotning bekor qilingani va yurtimizga Yevropa Ittifoqi tomonidan «GSP+» benefitsiari maqomi taqdim etilgani – bularning barchasi yuksak baholanyapti. Xalq bilan muloqot tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, mantiqsiz «propiska» tizimining tubdan isloh qilinishi, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda eksterritoriallik prinsipining joriy etilganligi, mansabdorlarning doimiy hisobot berib borishi, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan talablarning belgilanganligi, inson huquq va erkinliklariga bo‘lgan hurmatning yangi bosqichga ko‘tarilganligi, aholining qanchadan-qancha mushkuli osonlashgani kabi bir qator misollar ham shular jumlasidandir. 

Eng muhimi, bunday o‘zgarishlarni har bir inson kundalik hayotida ko‘rmoqda, his etmoqda. Kelgusi islohotlarda esa mana shu erishilgan natijalarni yanada yuksaltirish, inson uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsad qilingan.

Taraqqiyotimizning Prezidentimiz tomonidan asos solingan yangi bosqichidagi islohotlarning mustahkam huquqiy asoslari esa aynan Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan ustuvor tamoyil va qoidalarga to‘liq mosligini alohida e’tirof etish o‘rinlidir.

Asosiysi, Konstitutsiyadagi barcha muhim qoidalarning to‘liq ro‘yobga chiqarilishini amalda ta’minlash yangilanayotgan O‘zbekistonning eng katta maqsadi sifatida belgilab olindi. Ayni vaqtda Konstitutsiya normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasida hali ko‘p ish qilishga to‘g‘ri keladi. Oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish uchun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida keng ko‘lamli islohotlar izchil davom ettiriladi.

Bosh qomusimizning muqaddimasidayoq belgilangan inson huquqlariga sodiqlik, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyat, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat, fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlash kabi ko‘plab ustuvor tamoyillar bugun har bir inson hayotidagi o‘zgarishlar misolida namoyon bo‘lmoqda.

Barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan islohotlarning natijalari yurtimizning istalgan hududida, jumladan, eng olis tumanlardagi qishloq va ovullarda ham bo‘y ko‘rsatmoqda. Odamlar Konstitutsiyada kafolatlangan huquq va erkinliklardan amalda bahramand bo‘layotganini bugun hech kim inkor etolmaydi. Buning hal qiluvchi omili esa hayotiy tashabbuslar va ezgu g‘oyalar muallifi bo‘lgan, ustuvor vazifalarni belgilab berayotgan Davlatimiz rahbari ularning amalda ro‘yobga chiqishi uchun ham ulkan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olayotgani, butun borlig‘ini millat va mamlakat manfaatlariga baxshida etayotganidir.

Alohida ta’kidlash kerakki, so‘nggi besh yilda sud mustaqilligi, saylov tizimi, mahalla institutini mustahkamlash va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlarda Konstitutsiyaning 21 ta moddasiga 32 ta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu davrda Harakatlar strategiyasi doirasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan bosh tamoyil asosida 77 ta qonun, 32 ta Prezident farmon va qarorlari, 57 ta Hukumat qarori hamda 38 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etildi. Natijada qonun ustuvorligi sohasida xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rni 5 pog‘ona ko‘tarildi va aholi daromadlari ikki karra oshirildi.

Asosiy qonunni bugungi real voqelikka, shiddatli islohotlar mantig‘iga moslashtirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratish muhim vazifaga aylanmoqda. Konstitutsiyaviy islohotlar natijadorligini ta’minlash va xalqchil islohotlarni davom ettirish maqsadida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan edi:

birinchidan, «shaxs - jamiyat - davlat» paradigmasini konstitutsiyaviy qonunchilik va konstitutsiyaviy amaliyotda mustahkamlash;

ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida shaxs manfaatlarini samarali ta’minlash hamda uning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqish;

uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va mavqeini konstitutsiyaviy asosda belgilash;

to‘rtinchidan,oila, onalik va bolalik institutini rivojlantirish, millatlararo totuvlikni mustahkamlashning konstitutsiyaviy asoslarini belgilash;

beshinchidan, Konstitutsiyada yoshlarga oid davlat siyosatini ustuvor yo‘nalish sifatida kiritish;

oltinchidan, bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish yo‘lidan dadil ketayotganini hisobga olib, «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» tamoyilini konstitutsiyaviy norma sifatida belgilash;

yettinchidan, inson huquqlarini himoya qilishning amaldagi tizimi samaradorligini oshirish, bolalar mehnatining oldini olish, nogironlar, keksa avlod vakillari huquqlarini ishonchli himoya qilish;

sakkizinchidan, Konstitutsiyaga maxsus ekologik bo‘lim, global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq huquqiy normalarni kiritish;

to‘qqizinchidan, asosiy qadriyat sifatida inson kapitalini rivojlantirishni konstitutsiyaviy darajaga ko‘tarish.

Qayd etilgan manzilli islohotlarni izchillik bilan davom ettirish doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha Bosh Qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar, 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda qo‘shish taklif etildi. Mazkur taklif etilayotgan normalarga xalqimizning munosabatini Referendum o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini isloh etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – «Inson qadri uchun» g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan «Inson – jamiyat – davlat» degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmuniga chuqur singdirib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida amaliy hayotimizning bosh qadriyatiga aylantirishdir. Chunki inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, «insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak»

Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar jamoatchilik e’tiboriga havola etilgani alohida e’tiborga sazovor.

Konstitutsiyamizga «O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi», degan yana bir muhim normani kiritish taklif qilindi. Nega deganda, yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi.

Ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan, shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishini nazarda tutadigan «Miranda qoidasi» Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilmoqda. Shuningdek, «Xabeas korpus» institutini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Yangi Konstitutsiya loyihasida aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq huquqiy normalar aniq ochib berilmoqda. Jumladan, amaldagi Konstitutsiyaning «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar» bobining 37-moddasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ishsiz fuqarolarni to‘liq qamrab olishi nazarda tutilmoqda. Ya’ni, ushbu normaning hayotga tatbiq etilishi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan «Temir daftar»dagi barcha toifa qamrab olinmoqda.

Xulosa sifatida qayd etish joizki, yangilanayotgan konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos va ishonchli kafolat bo‘ladi. Zero, O‘zbekiston xalqi Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan yangi norma va qoidalarni mohiyatini his qilib, rejalashtirilayotgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘zining xolis va haqqoniy munosabatini bildirib kelmoqda. 

Qolaversa, so‘nggi yillardagi islohotlar Prezidentimizning «Xalq – qonun ijodkori» g‘oyasining hayotiyligi va zamonamiz talabiga qanchalik mosligini ro‘y-rost namoyon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha keng jamoatchilikdan, jumladan, o‘qituvchilar, tadbirkorlar, fermerlar, fuqarolik jamiyati institutlari va milliy-madaniy markazlar, siyosiy partiyalar vakillari, mahallalar aholisidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan minglab takliflar kelib tushgani va tushayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu esa xalqimiz Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz o‘zgarishidan manfaatdor ekanligini namoyon etmoqda.

Raziya Matibayeva,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti,

tarix fanlari doktori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiyaviy islohot: maqsad – inson qadri va huquqlarini ta’minlash