Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi adabiyot, badiiy ijod, ma’naviyat sohalarida ham tub o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz bermoqda. Taraqqiyot sari dadil odimlab borayotgan yangi O‘zbekistonni barpo etish, inson qadrini ulug‘lash ana shu o‘zgarishlarning, badiiy ijodning bosh mavzusiga aylanmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat millat ruhini, tafakkurini ko‘taruvchi, insonning o‘zligini anglashga ko‘mak beruvchi muhim vosita. Bu jarayonda ma’naviyat fidoyilari – ijod ahlining o‘rni va roli nihoyatda katta. Buni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi faoliyati misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.   

Ushbu maskan vatanparvar inson bo‘lib yashashni o‘rgatadigan ma’naviyat saroyi ekani ko‘z oldimda namoyon bo‘ladi. Talaba-yoshlar bilan o‘quv-amaliy seminarlar, taniqli yozuvchi va shoirlar uchrashuvi, ma’naviyat festivallari, siyosiy arboblar ishtirokida davra suhbatlari, muloqotlar o‘tkazilib kelinayotgan markazda barcha sharoitlar yaratilgan.   

Bugungi farovon kunlarga yetishning o‘zi bir baxt ekani, ilm hamisha talaba-yoshlarning bosh maqsadi bo‘lishi lozimligi ma’naviyat fidoyilari tomonidan doim aytilgan. Biz yoshlar jamiyatda faol bo‘lib, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shishimiz, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadga erishishimiz lozim.     

Shu kunlarda yurtimizda Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlanmoqda. Yangilangan Konstitutsiyada davlatimizda inson manfaatlari ustuvorligini o‘zida ifoda etadigan  “inson – jamiyat – davlat” prinsipi mustahkamlandi. Bu har qanday masalada, avvalo, inson manfaati ta’minlanishi zarurligini anglatadi.   

Qolaversa, Qomusimizda inson huquqlari ustuvorligi kafolatini beruvchi moddalar uch barobar ko‘paytirildi. Xususan, unda e’tirof etilganidek, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.   

Konstitutsiyamizda bag‘rikenglik, mehr-oqibat, birodarlik, o‘zaro hurmat, or-nomus va qadr-qimmat kabi yuksak insoniy fazilatlar ham mujassam ekani bilan qadrli.   

Konstitutsiya yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan hayotida misli shamchiroq. U yoshlarning kelajak orzu-maqsadlarini yanada nurafshon qilaveradi.     

Dilnoza AHADOVA,

Buxoro davlat universiteti talabasi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya yoshlarning orzu-maqsadlarini yanada nurafshon qilaveradi