Konstitutsiya — xalq xohish-irodasining oliy ifodasi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining g‘oyasi, maqsadi, ruhi - har bir qoidasi Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, asrlar mobaynida shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo‘lib kelayotgan o‘zbekona va sharqona davlatni idora etish hamda xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an’analarini o‘zida to‘la mujassamlashtirgan.
Konstitutsiya - davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi. U eng taraqqiy topgan, rivojlangan davlatlarning konstitutsiyaviy tajribalariga tayanish bilan birga, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan huquqiy hujjat.
Adliya vazirligi huzuridagi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori, yuridik fanlari doktori Rahimov Doniyor Yangi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pq84jQrDoBw?si=sN3C6rJMvjHIKaEF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA