Konstitutsiya — inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi bayram tadbirlari «Konstitutsiya — inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!» ğoyasi asosida taşkil etiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrda «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi farmoyişi qabul qilindi. Unga köra, mamlakatimizda Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik köriş va uni yuqori saviyada ötkaziş böyiça keng kölamli çora-tadbirlar dasturi hamda maxsus taşkiliy qömita tasdiqlandi.
Boş qomusimiz — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligini munosib kutib oliş va yuqori saviyada nişonlaş böyiça keng qamrovli işlar boşlab yuborildi. Şu maqsadda qabul qilingan mazkur hujjat asosida bu yilgi bayram tadbirlari «Konstitutsiya — inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!» degan boş ğoya va hayotiy şior ostida taşkil etiladi.
Tasdiqlangan dasturga köra, qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, keng kölamli tarğibot va vizualizatsiya yönalişida joylarda, xususan, viloyat, şahar va tuman markazlaridagi şohköçalar, xiyobonlar hamda jamoat transportlarida Konstitutsiyadagi ezgu ğoyalarni aks ettiruvçi körgazmali vositalar, plakatlar va videoroliklar joylaştiriladi. Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlar binolarida «Konstitutsiya burçaklari» taşkil etiladi.
«Maʼrifat oyligi» va oçiq muloqotlar doirasida joriy yilning dekabr oyi davomida respublika böylab olimlar, huquqşunoslar va mutaxassislardan iborat tarğibot guruhlari tomonidan mehnat jamoalari, mahallalar, taʼlim muassasalari hamda harbiy qismlarda uçraşuvlar va jonli muloqotlar ötkaziladi.
Şu bilan birga, aholi fikrini inobatga olgan holda, markazlarda (Toşkent şahrida Sayilgoh köçasida) maxsus maydonlar taşkil etilib, unda Boş qomusimizning yaratiliş tarixi, fotokörgazmalar, zamonaviy darsliklar va huquqiy viktorinalar taşkil etilişi közda tutilgan.
Taʼlim va yoşlar yönalişida umumiy örta, örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlarida barça öquvçi hamda talabalarni qamrab olgan holda maxsus «Konstitutsiya darslari», olimpiadalar, rasmlar va inşolar tanlovlari ötkaziladi.
«Constitution.uz» saytidagi elektron kutubxona yangi ilmiy materiallar bilan boyitiladi, yoşlar uçun interaktiv kitoblar, multfilmlar va ijtimoiy roliklar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğib qilinadi.
Şuningdek, bayram arafasida huquqni muhofaza qiluvçi organlar va nufuzli idoralar hamkorligida «Zakovat» intellektual öyinlari, sport marafonlari, hududiy konsert dasturlari hamda mahallalarda bayram sayillari taşkil etilişi belgilangan.
Qabul qilingan mazkur farmoyiş va uning ijrosi yurtimizda inson qadrini taʼminlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş hamda jamiyatda qonunga hurmat ruhini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
ÖzA