Butun respublikamiz bo‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi keng nishonlanmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan milliy qomusimizni, huquqiy bilimlarni targ‘ib etuvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.  

Bugun erta tongda viloyat musiqali drama teatri oldida Bosh qomusimizga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa soha tashkilotlari tomonidan Konstitutsiyamizni aks ettiruvchi maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmalar milliy qomusimizning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, huquqiy ongni yuksaltirish va fuqarolarning Konstitutsiya bilan bog‘liq bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan.

[gallery-20760]

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirok etdi. Ular ko‘rgazmalarni kuzatib, huquqiy-ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Shundan so‘ng teatrning tomoshalar zalida Bosh qomusimizga bag‘ishlangan badiiy dasturlashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Viloyat rahbari barchani Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy tabrikladi va viloyat hayotida erishilgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.  

– Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz huzurida 2025 yilda Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha taqdimot qilindi, – dedi viloyat hokimi M.Azimov. – Davlatimiz rahbarining viloyatimizga, qashqadaryoliklarga bo‘lgan alohida e’tibori, mehr-muhabbatini yana bir bor chuqur his qildik. Yuzdan ortiq tashabbuslarimiz qo‘llab-quvvatlandi. Muammoli masalalar yechimi hal qilindi. Qashqadaryoliklarning farovon, baxtli yashashi uchun barcha sohalarda ulkan marralar belgilab berildi.  

Viloyat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusi yili viloyat iqtisodiyotining 106,1 foizga o‘sishi ta’minlanadi. Yalpi hududiy mahsuloti hajmi 84,5 trillion so‘mga yetkaziladi. Yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 600 ming nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlanadi. 100 ming nafar aholining kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.

Ikkinchidan, viloyatga 3,5 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi. 1 milliard dollarlik Qashqadaryo mahsulotlari xorijga eksport bo‘ladi.  

Uchinchidan, Qashqadaryoda oziq-ovqat xavfsizligi ustuvor vazifaga aylanadi. Keyingi yildan viloyat kartoshka, meva, parranda go‘shti, tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi.  

Meva-sabzavotchilik, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, organik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, suv tannarxini arzonlashtirish ishlari yanada jonlantiriladi.

To‘rtinchidan, 1 million nafar mahalliy, 600 ming nafar xorijiy turistlar kelishi hisobidan turizm xizmatlari eksporti 120 million dollarga yetkaziladi. “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yangicha tizimda tashkil qilinadi.

Beshinchidan, aholi uchun 7 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi. Markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 64 foizga yetadi. Jamoat transporti tizimi va qariyb 2 ming kilometr yo‘llar holati yaxshilanadi.

Oltinchidan,75 foiz bolajonlar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi. Ta’lim sifatini yaxshilash asosiy vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Texnikumlarga yirik sanoat korxonalari biriktirilib, kamida 50 foiz talabalar dual ta’lim asosida o‘qiydi.

Nemis standarti asosida boshlangan kasb-hunarga o‘qitish loyihasi kengaytiriladi. Yoshlar uchun “To‘rtinchi sanoat kasblariga o‘qitish Markazi”, “Kreativ sanoat parki”, “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” tashkil etiladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konstitutsiya erkin va farovon hayot garovidir