O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tashabbusi asosida barcha Davlat xizmatlari markazlarida yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni aholi orasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Xususan, Samarqand viloyatidagi barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu burchaklar to‘liq yo‘lga qo‘yilib, targ‘ibot jarayonlari start oldi. Tizim xodimlari tomonidan 8 dekabrga qadar bu yerda mavzu doirasida targ‘ibot ishlari, tushuntirishlar olib boriladi. Adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolar burchakdan o‘rin olgan  qisqa axborot flayerlari, huquqiy adabiyotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan tanishishi, bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishi mumkin.

Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari asosiy qonun – Konstitutsiyada to‘liq ifoda etiladi. Binobarin, yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjatdir. Unda belgilangan har bir modda inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ta’minlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga ega.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi