Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirib borish tub zamirida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash maqsadi mujassam.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri N.Ismoilov raisligida bo‘lib o‘tgan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish komissiyasining navbatdagi majlisi mana shunday muhim masalalarga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining 2018 yil 8 avgustdagi mazkur masalaga doir farmoni hamda tasdiqlangan Konsepsiya norma ijodkorligi faoliyatini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

O‘tgan davrda Konsepsiyani bajarish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, shunga taalluqli “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Bundan tashqari, qonunlarni tizimlashtirish (kodifikatsiyalashtirish), to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlarni qabul qilish, ularni aholiga tezkor yetkazib berish uchun elektron bazalarga joylashtirish va sharhlash, loyihalarni ishlab chiqib, idoralar bilan kelishishda yagona elektron tizimga o‘tish, qonun hujjatlari ta’sirini baholashda zamonaviy mexanizmlar joriy qilinmoqda.

Norma ijodkorligida jamoatchilik ishtirokini keng ta’minlashda elektron tarmoqlarning xizmati katta bo‘lmoqda. Fuqarolarga fikr bildirishlari uchun real imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu internetda “Mening fikrim” portali orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Unda yetarlicha ovoz olgan loyihalar parlamentda ko‘rib chiqilmoqda.

Majlis ishtirokchilari Konsepsiyaning bajarilishida hali bir qator kamchiliklar uchrayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.

Jumladan, Konsepsiyada belgilangan aksariyat vazifalar normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertiza va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish, aholiga yetkazishda zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish bilan bog‘liqdir. Bu vazifalar tegishli hisobotlarda bajarildi, deb ko‘rsatilayotgan bo‘lsa-da, aslida ayni yo‘nalishdagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Ayniqsa, hisobotlarda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” qonunning yangi tahrirda ishlanishi Konsepsiyada belgilangan ko‘pgina vazifalarning hal etilishini ta’minlashiga sha’ma qilish holatlari uchraydi.

Bundan tashqari, majlisda Konsepsiyada belgilangan “aqlli tartibga solish” modeli ko‘zda tutgan holatlar, ya’ni normalarni qo‘llashda vujudga keladigan oqibatlarni hisobga olish, fuqaro va tadbirkorlar uchun foyda-zararni hisoblash, korrupsiya holatlariga olib keladigan normalarni aniqlash borasida belgilangan dasturlashtirish ishlarini bajarishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyati sust ekani aytildi.

Yig‘ilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qonunlarni qabul qilishga zo‘r berilayotgan bir paytda qonunosti hujjatlarining salmog‘i kamaymayotgani xavotirli ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, norma ijodkorligi faoliyatida huquqiy ekspertiza amalda zaif holda ishlayotgani, ayniqsa, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga xulosa beradigan tegishli yuridik xizmat mutasaddilari ko‘pincha o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani qayd etildi. Bu masalada Adliya vazirligining faoliyati tanqid qilindi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan tadbirda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, Konsepsiyada belgilangan ustuvor vazifalarni to‘la-to‘kis bajarishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga olgan qaror qabul qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konsepsiya bajarilishida kamchiliklar uchramoqda
Жамият
15:49 / 23:09:2019