Konrad Adenauer jamg‘arma raisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov mmlakatimizga tashrif buyurgan Konrad Adenauer jamg‘armasi raisi Norbert Lammert bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi. N.Lammert jamg‘arma O‘zbekistonda jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Osiyo davlatlari vakillari uchun har yili o‘tkaziladigan anjumanning bu galgisi aynan Toshkent shahrida o‘tkazilayotgani shundan dalolat. Jamg‘arma raisi hamkorlikni, jumladan, Germaniya - O‘zbekiston munosabatini mustahkamlashga qaratilgan tajriba almashish amaliyotini davom ettirish, o‘zaro tashriflar uyushtirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Muzokarada mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.


– Biz, asosan, ikki mavzu – infratuzilmani rivojlantirish va Konstitutitsiya islohoti masalasini muhokama qildik, – dedi N.Lammert. Ushbu yo‘nalishlarda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyormiz.
S.Rahimov,
O‘zA