Qadimdan ota-bobolarimiz yerdan unumli foydalanish el dasturxonining fayzli, barakali bo‘lishi bilan birga bozorlarimiz to‘kinligini ta’minlagan holda daromadning ham oshishi ekanligini yaxshi bilishgan.

Navro‘z mahallasi Konimex tumani markazida joylashgan. Xalq tili bilan aytganda “madaniy” hudud hisoblanadi. Bu yerda 670 ta xonadonda 2760 nafar aholi istiqomat qiladi.

– Mahallamiz aholisi hovlilarda istiqomat qiladi, – deydi obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Ayna Karsibekova. – Har bir xonadonda tomorqa yer mavjud. Tomorqaning umumiy hajmi qariyb o‘ttiz gektarni tashkil etadi. Albatta zaminimiz serhosil. Tuproq-iqlim sharoiti to‘rt faslda ham sabzavot ekinlari yetishtirish uchun g‘oyat qulay. Xonadon egalari turli sabzavotlar, ekib imkon qadar dehqonchilik qilinadi. Ammo yoz oyi o‘rtalariga kelib suv taqchilligi seziladi. Bu esa ekinlarni sug‘orishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.

Darvoqe, tuman hududi “madaniy” va “cho‘l” hududlariga bo‘linadi. Cho‘l hududida istiqomat qiluvchi aholi asosan chorvachilik bilan shug‘ullansa, “madaniy” hududda yashovchi aholining tomorqasi borligi bois dehqonchilik ham ularning asosiy yumushlaridan biri.

[gallery-1907]

– Men mazkur mahallaning “Yoshlik” ko‘chasida istiqomat qilaman, – deydi Qo‘zimurod Ro‘zimurodov. – Qariyb 3 sotix atrofida tomorqam bor. Har yili kuzda va bahor boshlanishi bilan turli sabzavot ekinlari ekaman. Asosan, kartoshka, piyoz, sarimsoqpiyoz, pomidor yetishtiraman. Ro‘zg‘orga yetadi. Yilda ikki marta hosil olishga harakat qilaman.

Albatta, tumanda oqar suv taqchilligi muammosi mavjud. Shuning uchun ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash ishlari olib borilmoqda. Yaqinda ushbu mahallada ham ana shunday quduq qazilib, suv chiqarildi.

– So‘nggi yillarda mamlakatimizda mavjud yer maydonlardan samarali foydalanish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi viloyat fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Mustafo Quvondiqov. – Ayniqsa, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish maqsadida kamda 30 ta aholi tomorqasini sug‘orish uchun subsidiya ajratish orqali quduqlar qazishga alohida e’tibor qaratilayapti. bugungi kunda suv muammosi mavjud bo‘lgan Konimex tumanida ana shunday 15 ta quduq qazilib, foydalanishga topshirildi. Natijada 450 nafar xonadon tomorqasini sug‘orish imkoniyati yaratildi. Bunga qariyb bir milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bunday quduqlar viloyatning Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor va Nurota tumanlarida ham qazilmoqda.

Yurtimizda yerdan unumli foydalanishga qaratilgan e’tibor yildan yilga ortib bormoqda. Shunga qaramay, tomorqasidan samarali foydalanmay, uni qarovsiz tashlab qo‘yganlar ham oramizda yo‘q emas. Tomorqa tayyor daromad manbai. Faqatgina undan unumli foydalanish kerak xolos. Tomorqadan samarali va unumli foydalanib, yil davomida bir necha marotaba hosil olish imkoni mavjud. Shunday ekan, har bir tomorqa egasi mavjud ekin maydonidan unumli foydalansa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (foto), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Konimex tumanida subsidiya asosida 15 ta quduq burg‘ilandi