27 mart – Xalqaro teatr kuni

Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganidek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.  

2022 yilda o‘zining bir asrlik to‘yini nishonlagan Xorazm viloyat musiqali drama teatri viloyat ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadi.   Mukammal ta’mirlangan teatr binosi hozir Urganch shahrining ko‘rkiga aylangan. Muhimi,  uning sahnasida yaratilayotgan asarlar  yuksak badiiy saviyasi, aktyorlarning betakror ijro mahorati bilan san’at koshonasiga yanada ulug‘vorlik va joziba baxsh etayotir.

Spektakl rejissyor, rassom, aktyor, kompozitor va boshqa bir necha ijodkorlarning hamkorligi evaziga yaratilgan vertual dunyodir. Sahna asari  mukammal bo‘lmasa, tomoshabin aktyordan boshqa ijodkorlarning mehnatini his qilmaydi. Sahna orqali avvaldan mavjud  dunyoning voqealaridan bir parchani ko‘rayotgandek his qiladi o‘zini. Agar spektakl muvaffaqiyatli chiqsa, tomoshabin o‘zini unutadi, qaysidir qahramonlardan biriga aylanadi. Agar sahnada hayotiylik bo‘lmasa, aktyorlar sahnada hayotdagidek yashamasa, biror harakat yoki kechinmada soxtalik sezilsa, bu shunchaki tomosha ekanligi, spektakl esa hayotdan yiroq ekanligi fosh bo‘ladi.  

[gallery-22443]

Bundan ikki yil oldin Xorazm viloyat musiqali drama teatrida “Ko‘ngil devori” musiqali komediyasi sahnalashtirilgan edi. Spektakl bugungi kunda ham tomoshabinlar nazaridan tushgani yo‘q.  

Abbos Xurramov asari asosida rejissyor  Alisher Yo‘ldoshev sahnalashtirgan “Ko‘ngil devori” musiqali komediyasida o‘zbek milliy qadriyatlari va urf-odatlari o‘z ifodasini topgan.  Spektaklni tomosha qilar ekan, tomoshabin beixtiyor kundalik turmush tashvishlarini unutib, yuzida samimiy kulgu uyg‘onadi.  

Biz bugun globallashuv jarayonlarini boshdan kechirmoqdamiz. Xohlaymizmi- yo‘qmi, hayotimizga “ommaviy madaniyat” illatlari kelib qo‘shiladi. Bu yot g‘oyalar, qarashlar kishilarning tor fikrlashi, o‘zining milliy qadriyatlarini chuqur bilmasligi oqibatida hayotimizga suqilib kiradi. Yoshlarku mayli, chetning qandaydir “sirti yaltiroq”, “ichi qaltiroq” narsalariga qiziqishi mumkin. Ammo yoshi kattalarning  bu illatlarni odat qilgani ham qayg‘uli, ham kulguli holat.  Spektaklda huddi ana shu salbiy holatlar kulgu ostiga olinib, o‘zimizning go‘zal milliy qadriyatlarimiz ulug‘lanadi.  

Qiziqarli tomoni, komedik janrdagi ushbu spektakl muvaffaqiyatli ravishda teatr ijodkorlari tomonidan musiqali komediya janriga o‘zgartirilgan. Janrdagi o‘zgarish spektaklning voha koloritiga hamohang bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Xalq ohanglarining bilimdonlari bo‘lgan bastakor Qodirbergan Iskandarov va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulxumor Norboyevalar Xorazm xalq qo‘shiqlarini spektaklga kiritish taklifini bergan. Teatrning bosh direjyori, yosh iste’dodli konsertmeyster Munis Matchanov ushbu noyob xalq ohanglarini orkestrga moslab qayta yozgan.

Masalan, aktyor Komiljon Tojiboyev ijrosidagi nuroniy bobo kuylagan “Bedana” qo‘shig‘i, “Kampirim jonim” qo‘shig‘i,  xalq og‘zaki ijodidan olingan bosh qahramon yigit-qizning ariyasi, sovchilar ijro etgan ikkita qo‘shiq spektaklni bezagan. Bu esa asarning tomoshabinbopligini oshirgan.

Mazkur spektakl teatrda sahnalashtirilgan bir qator tarixiy mavzudagi asarlardan keyin zamonaviy mavzuda yaratilgan komediyadir. Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda aktyorlarning bor mahorati va imkoniyatlarini ishga solishga harakat qilgan. Buni bosh rol ijrochilari – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Komil Tojiboyev va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulxumor Norboyevalar talqinida his qilish mumkin. Shuningdek, Rahima obrazining ijrochisi Zulfiya Otayeva o‘z obrazi uchun yangi ijobiy belgilarni yarata olgan.  

Spektakldagi asosiy rolni yosh iste’dodli aktyorlar Barno O‘rinova va Botir Ismoilovlar ijro etishgan. Rejissyor spektaklni sahnalashtirishda aktyorlarning yangi qirralarini kashf etgan. Natijada lirik drama va romantik asarlarda bosh rollarni ijro etuvchi bosh qahramon sifatida tanilgan yosh iqtidorli aktyorlarning komedik ampluadagi qirralari ham ochildi.

Spektaklning muvaffaqiyati rassom mahoratiga ham ko‘p jihatdan bog‘lik. Sahnalashtiruvchi rassom O‘g‘iljon Alimova asar g‘oyasiga mos sahna ko‘rinishi yarata olgan. Milliy qadriyatlarga asoslangan o‘zbek oilasining hovlisi aks ettirilgan sahnada voqealar rivojlanadi. Ikki qo‘shni o‘rtasiga qurilgan devor mehr-oqibat va yoshlarning samimiy muhabbati tufayli buzib tashlanadi. Asarda ikki sevishgan yoshning odobi, kattalarga mehr-oqibati va hayo-ibosi yoshlarimizga ibrat qilib ko‘rsatiladi. Sof muhabbat hamisha g‘alaba qozonishi talqin etilgan.  

Sahna asarida oila mustahkamligi ulug‘lanib, xalqimizning milliy qadriyatlari, urf- odatlari targ‘ib etiladi. Tomosha davomida muxlislar ma’naviy hordiq olish bilan birga, go‘zal ohanglardan tinglab, mazza qilib kuladilar.  

Xulosa qiladigan bo‘lsak, tajribali rejissyor Alisher Yo‘ldoshev  spektakl uchun materialni yaxshi tanlagan. O‘zini hammadan aqlliman, zamonaviyman, deb o‘ylaydigan ayrim “Ommaviy madaniyat” vakillari va qadriyatlarimizni, urf odatlarimizni qoloqlik, deb o‘ylaydigan kishilar haqidagi oddiy  komediya jiddiy mulohazalarni talab qilmaydi, aksincha, dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlardan asablari charchagan va kundalik tashvishlar bilan bo‘lib kulishni unutib qo‘yayotgan jamoatchilikka bahoriy xush kayfiyat  bag‘ishlaydi.  

Ming bora gapirgandan – bir bora ko‘rgan yaxshi. Shu sababdan Xorazm tomonlarga yo‘lingiz tushsa, albatta, Xorazm viloyat musiqali drama teatriga bir kirib o‘ting, yangi va go‘zal  sahna asarlari tomoshasidan  bahramand bo‘ling.  

Qahramon Soburov,

teatrshunos, jurnalist.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ko‘ngil devori” – milliy qadriyatlarimiz qo‘rg‘oni