"Ko‘ngil bekati" kitobi taqdimoti o‘tkazildi (+video)
Har bir millat shoiri qalbining go‘zalligi, ezguligi o‘zgacha, she’rining fusuni o‘zgacha! Chin adabiyot, chin she’riyat yurakdan yaratilgan bo‘lsa — umumbashariylik kasb etgan bo‘lsa — u insoniyatniki. Har kanday tamaddun davrida ham Qalb va tafakkur hosilalari yashaydi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nazokat Otaqulovaning “Ko‘ngil bekati” deb nomlangan she’riy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Siz bu kitob orqali muhabbat, sevgi, Vatan, yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan, hayot saboqlaridan sado berguvchi she’r, hikoya va qatralardan bahramand bo‘lasiz. Go‘zal mushoira kechasida she’rlar, qo‘shiqlar tinglanib, ko‘ngillar yayradi. Ushbu to‘plam ham kitobxonlar javonida o‘ziga xos joy egallashiga ishonamiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3TmlExYL4_0" title=""Ko‘ngil bekati" kitobi taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA