Konçilar “Zakovat”da bellaşdilar
Navoiy şahridagi “Farhod” madaniyat saroyida 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual öyini ötkazildi.
Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “NKMK jamğarmasi” DM bölinmalari işçi-xodimlaridan taşkil topgan 10 ta jamoa iştirok etdi.

Yakuniy natijalarga köra, “Qizilqum” kon boşqarmasi jamoasi 1-öringa sazovor böldi. Nazorat-ölçov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi jamoasi 2-örinni, Tibbiy-sanitariya bölimi jamoasi 3-örinni qölga kiritdi.

Ğolib va sovrindorlar NKMK xodimlari kasaba uyuşmasi Kengaşi tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri