Kompyuter oʻyinlariga qaramlik bugungi kunda haqiqiy epidemiyaga aylandi va bu nafaqat bolalar va oʻsmirlar, balki yoshi kattalar orasida ham kuzatilmoqda. Oʻsmir kuniga oʻrtacha 6 soatgacha vaqtini kompyuter oldida oʻtkazmoqda.

Oʻyinlarga bu darajada berilish koʻplab psixologik patologiyalarning natijasidir. Insonlar kompyuter oʻyinlari orqali ularni tashvishlantirayotgan hayotiy muammolaridan qochishga yoki yaqinlari eʼtiborining yetishmasligini, istiqbollarining oʻrnini qoplashga intiladi.

Turli ruhiy kasalliklar va inson tabiatidagi oʻziga xos jihatlar, jumladan, oʻziga nisbatan ishonchsizlik va uyatchanlik kompyuter oʻyinlariga boʻlgan qaramlikni rivojlantirishga sabab boʻladi. Koʻpchilik odamlar oʻyinlar yordamida oʻzlarining bolalikdagi fantaziyalarini amalga oshiradi. Bu muammo koʻpincha ota-onalari ishda band boʻlgan oilalarning farzandlari orasida keng tarqalgan. Shuningdek, oiladagi nizolar ham bunday ishqibozlikning ortishiga xizmat qiladi. Koʻpincha, odamlar oilaviy mojarolardan qochish uchun hayotiy olamga shoʻngʻishga harakat qiladi va bu bilan vaziyatni yanada murakkablashtiradi, xolos.

Odam oʻyinlarga birdan qaram boʻlib qolmaydi. U bir necha bosqichda sodir boʻladi va ularning har biri muayyan belgilar va tobe insonning xatti-harakatlari bilan tavsiflanadi.

Oʻyinlarga qaramlik bosqichma-bosqich rivojlanadi va baʼzan 3 yilgacha davom etishi mumkin. Har bir bosqichda qaram insonda maʼlum ruhiy kasalliklar ham rivojlanib boradi. Avvaliga oʻyinchi sogʻlom odamlardan farq ilmaydi, keyinroq u juda taʼsirchan boʻlib qoladi. Bu doimiy ruhiy buzilishga olib keladi. Oʻz-oʻzini nazorat qila olmaslik va oʻziga nisbatan tanqidiy fikrlashning oʻzgarishi shaxsning yemirilishiga olib keladi. Axloqiy qadriyatlarni yoʻqotish gʻazab holatiga, ruhiy siqilishlarga sabab boʻladi, oʻyinchi insonlarning dardlari va har qanday ijtimoiy muammolarga nisbatan befarq boʻlib qoladi.

Kompyuter oʻyinlariga qaramlikni shakllantirishning patofiziologik mexanizmi muayyan miyadagi zavqlanish markazlarini ragʻbatlantirishga asoslangan. Bunday patologik holat virtual olamga tashrif chogʻida eyforiya hissi shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Oʻyinlarga tobe boʻlgan bemorlar kompyuter oldida qolish vaqtlarini rejalashtira olmaydi. Ularning yashash tarzi va ovqatlanish sifati ham oʻzgaradi. Bunday insonlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmay qoʻyadi: tashqi koʻrinishi va qanday ovqatlanishiga eʼtibor bermay qoʻyadi. Ular kam harakat boʻlib va uyqusi yomonlashadi. Mabodo, oʻyinchining kompyuteri yoki smartfoni toʻsatdan buzilib qolgudek boʻlsa, yohud oʻyinga puli tugab qolsa, uning kayfiyati tushib ketadi, atrofdagilarga nisbatan agressiv boʻlib qolishi mumkin, muammoni hal qilish yoʻllarini qidirib qoladi va koʻpincha shaxsiy hayoti, ishi yoki oʻqishi haqida oʻylamaydi.

Bemor oʻyinlarning befoydaligini tushuna boshlasa ham, ularga boʻlgan tobeligi kuchaygan sari, kompyuter oʻyinlaridan voz kecha olmay qoladi. U tez-tez real hayotdan qochib, hayotiy olamiga shoʻngʻib ketadi, oʻz qahramonining rolini zimmasiga olib, uning hayoti bilan yashaydi.

Oʻyinga boʻlgan qaramlik asab tizimining buzilishiga olib keladi, miyaga qoʻzgʻatuvchi impulslar kelishi taʼsirida, bemorda tushkunlik, xavotirning kuchayishi kuzatiladi, jamiyatga moslashish buziladi. Koʻpincha bemorda oʻzidan norozilik hissi boshlanadi, hayotning maʼnosi yoʻqoladi, chuqur tushkunlik alomatlari paydo boʻladi. Odatda bunday odamlar odamovi va kam gap boʻladi.

Hali balogʻat yoshiga yetmagan bolaning ruhiyati oʻyin effektlari bilan toʻla boʻlganidan, bolaning ongida virtual olam haqiqiy hayotdan farq qilmaydi. Oʻyinlarga qaram boʻlish uning salomatligi va oʻqishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, butun fikru-hayoli oʻyinni kutish bilan band boʻladi. Oʻsmirlar koʻpincha doʻstlaridan voz kechadi, oʻqishni tashlaydi va agressiv boʻlib qoladi.

Oʻyinlarga tobelik jiddiy psixologik muammolar oqibati boʻlgani bois, unga alohida kasallik sifatida qarab boʻlmaydi. Bu hodisaning dastlabki sababini aniqlab, unga qarshi kurashish kerak. Oʻyinlarga boʻlgan tobelikni davolashda psixoterapevtik va dori-darmonlar bilan davolash, gipnoz usullari qoʻllaniladi. Bunda davolash tadbirlari komleks amalga oshirilishi kerak. Shuningdek, autogenik trening, psixosintez, oilaviy va xulq-atvor psixoterapiyasi ham qoʻllaniladi.

Psixoterapiya oilaviy munosabatlarni toʻgʻrilash, psixologik toʻsiqlar, muammolarni bartaraf etish, qoʻrquvni davolashga qaratilgan boʻlishi kerak.

Oʻyinlarga qaramlik ayniqsa oʻsmir va bolalik davrida paydo boʻlgan holatda, bu kasallikni oldini olish nihoyatda muhimdir. Bunda ota-onalarga farzandi bilan koʻproq suhbatlashish, uning bandligi haqida qaygʻurishi, uni biron bir sport turiga yoki ijodga qiziqtirishi tavsiya etiladi. Bolani muvaffaqiyati uchun ragʻbatlantirib, maqtab turish, oʻziga boʻlgan bahosini ushlab turish kerak.

Albatta hamma ham oʻyinlarga boʻlgan tobelikka moyil boʻlmaydi. Agar bola kompyuter oʻyinlarini yoqtirsa va ayni damda yaxshi oʻqisa, doʻstlari koʻp boʻlsa, vahima qilishga hojat yoʻq. Odatda oʻyinlarga tobelik boshqa psixologik muammolar yoki buzgʻunchi vaziyatlar fonida rivojlanadi.

Roman BONDARCHUK, OʻzA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kompyuter oʻyinlariga qaramlik birdan paydo boʻlib qolmaydi