Milliy matbuot markazida tashkil etilgan anjumanda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zbekko‘mir” AJ mas’ullari shu haqda ma’lumot berdi.

Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari Rustam Yusupov, “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori o‘rinbosari Erkin Yoqubov, Bosh prokuratura boshqarma prokurori Mansur Ro‘zimov so‘zga chiqib, mamlakatimiz hududidagi konlarda ko‘mir qazib olish jarayonlarini raqamlashtirish, inson omilini cheklaydigan shaffof mexanizmlarni joriy etish, aholi va ijtimoiy soha muassasalariga ko‘mir yoqilg‘isini yetkazib berish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni kamaytirish va iste’molchilarga qulayliklar yaratishga katta e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan 2024 yilda “Aholining ko‘mir mahsulotiga bo‘lgan talabini shakllantirish va ko‘mir qazib olishdan yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarning avtomatlashtirilgan tizimi” – mycoal.uz maxsus portali ishlab chiqildi va joriy etildi.  

[gallery-23628]

2024 yilda mycoal.uz portali ilk bor ishga tushirilib, bu davrda 6500 ta mahalla fuqarolar yig‘ini portalga ulandi va yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasida arizalarni tasdiqlash jarayonlari yo‘lga qo‘yildi. 

Aholi iste’molchilarining 1,5 millionta (2,0 million tonna) ko‘mir xaridi uchun arizalari qabul qilinib, tasdiqlandi. Portal orqali 760 ming tonnadan ortiq ko‘mir aholiga tarqatildi va 230 milliard so‘mdan ortiq pul tushumi ta’minlandi. “Angren” va “Sharg‘un” ko‘mir konlaridagi jarayonlar avtomatlashtirilib, qazib olingan ko‘mir hajmlari haqida ma’lumotlarni onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ko‘mir mahsulotlarini viloyatlarga yetkazib berish jarayonlari va muddatlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoni ta’minlandi. 

Iste’molchilarga ko‘mirni o‘lchab berish va tarqatish jarayonida foydalaniladigan omborlardagi tarozilar avtomatlashtirilib, inson omili maksimal darajada cheklandi. 

Mas’ullarning ma’lum qilishicha, 2025 yilda “mycoal.uz portali orqali davlat tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklikdagi muassasalar 1 maydan boshlab onlayn ariza topshiradi. 

Bu arizalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonlari tegishli vazirlik va idoralar ishtirokida hamda ularning nazoratida amalga oshiriladi. Shuningdek, aholi o‘rtasida ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun maxsus Telegram bot ham ishga tushirilgan.

Tadbirda aytib o‘tilganidek, joriy yil aholiga 1,4 million tonna, byudjet tashkilotlariga 640 ming tonna, davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat ko‘rsatadigan muassasalarga 240,8 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib beriladi.

N.Ziyodullayeva, O.Pardayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘mir ta’minotini tizimli yo‘lga qo‘yishda “mycoal.uz” elektron platformasi qanday natija beryapti?