“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha press-tur o‘tkazildi.

Dastlab “Angren ko‘mir koni” filialida matbuot anjumani tashkil qilindi va “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, mamlakatimizda ko‘mir qazib chiqarish ko‘rsatkichlari va hajmi ijtimoiy soha hamda sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqib, yil sayin ortmoqda. 

Ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda ko‘mir qatlamlarini baholash va burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, 2024 yilda 8,4 million tonna ko‘mir qazib chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil 9 million tonnaga yetkaziladi. Jamiyatda 11 ta tarkibiy tuzilma mavjud bo‘lib, ulardan uchtasi ko‘mir koni, qolganlari yordamchi korxonalar bo‘lib, bugunda 6 ming nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda. Ko‘mirning asosiy qismi “Angren” va “Apartak” konlarida ochiq usulda qazib olinadi. 

Xususan, “Angren” koni O‘zbekistondagi eng yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblanib, bu yerda qattiq yoqilg‘i bilan birga qizg‘ish va kulrang kaolin, shuningdek, ohaktosh ham qazib olinmoqda. Ko‘mir konida temir yo‘l, avtomobil va konveyer transportidan foydalaniladi. Bu jarayonda ko‘mirdan tashqari soz tuproq, ohaktosh, qizg‘ish, kulrang va ikkilamchi kaolinlar hamda noruda materiallari qazib olinadi. Ushbu foydali qazilmalarni to‘plash, saralash, boyitish orqali qurilish materiallari, keramika chinnisozlik sohalari ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilish mumkin. 

Jumladan, o‘tgan yil “Angren” konidan 500 ming tonnadan ortiq kaolin iste’molchilarga yetkazib berildi. So‘nggi yillarda energiya resurslariga talab kuchayishi munosabati bilan jamiyatda ham yoqilg‘i qazib olish va yetkazib berish hajmlari oshirilmoqda. Ko‘mirga mutanosib ravishda qazib chiqaruvchi korxonalar soni ham ortib bormoqda. Aniqlangan 17 ta istiqbolli konlar va maydonlar tadbirkorlarga berilib, ular tomonidan 2023 yildan shu kunga qadar 1,1 million tonnadan (umumiy qazib chiqarish hajmining 5,6 foizi) ko‘mir qazib chiqarildi.

E’tiborlisi 2023 yilga qadar ko‘mir mahsulotlari faqat “O‘zbekko‘mir” va “Sharg‘unko‘mir” jamiyatlari tomonidan qazib chiqarilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, toshko‘mir asosan sement ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlatilib, aholi ehtiyojlari uchun foydalanilmaydi. Bundan tashqari, Angren ko‘mir havzasidagi Nishbosh ko‘mir koniga investorlar jalb qilinib, yiliga 10 million tonna ko‘mir qazib chiqarish hamda ko‘mirni boyitish orqali respublika iste’molchilariga sifatli mahsulotlar yetkazib berish loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Loyiha doirasida 2026 yilda yo‘l-yo‘lakay ko‘mir qazib chiqarish boshlanib, 2028 yilda to‘liq quvvatda ishga tushiriladi. Natijada, respublikada mahalliy ko‘mirning erkin raqobat bozori yaratilib, ko‘mirga bo‘lgan talabning qondirilish choralari ko‘rilmoqda. 

OAV vakillari Angren konida ko‘mir ustki qatlamini ochish, ko‘mir qazib olish, saralash va iste’molchilarga yetkazish jarayoni bilan tanishdi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga soha xodimlari javob berdi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘mir sanoati: tajribalar yuqori natija bermoqda