Poytaxtimizda taniqli yozuvchi Komil Sindarov qalamiga mansub “Surgun”dagi sarguzashtlar” nomli navbatdagi detektiv asar taqdimoti o‘tkazildi.

Detektiv yozuvchi Komil Sindarovning shogirdlari, yaqin qarindoshlari, noshirlar va adabiyot ixlosmandlari yig‘ilgan adabiy kecha “Surgun”dagi sarguzashtlar” detektiv qissasi asosida ishlangan maxsus sahna asari bilan boshlandi. 

Tadbirda Komil Sindarovning ustozi, shogirdlari va muxlislari ijodkorning asarlari xususida so‘z yuritdi. Detektiv yozuvchi asarlarida holat, voqealarga yondashuvda professionallik kuzatilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Chunki Komil Sindarov asosan o‘zi ko‘rgan, bilgan va eshitganlari haqida, aniq faktlarga tayangan holda yozadi. Uning yozganlari shunisi bilan qiziq. Yozuvchi asarlarida ortiqcha pafos va me’daga teguvchi uydurmalar yo‘q. 

Taqdimoti o‘tkazilayotgan kitob adibning o‘ninchi kitobi. Har bir kitob biri ikkinchisining davomi tarzda o‘qiladi. Shuning uchun ham detektiv asarlar muxlislari kitob do‘konlaridan muallif kitoblarini barchasini sotib olib o‘qishga ishtiyoqmand. 

Komil Sindarov kitobning yozilish tarixi, qizg‘in jarayonlar bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv so‘ngida adib muxlislariga dastxat tushirilgan kitob taqdim etdi.  

Yangi kitob “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan ikki ming nusxada Feruza Quvonova muharrirligida chop etilgan. 

Kitob haqida uning debochasida shunday deyilgan: “Komil Sindarovning kitoblari bugun o‘z o‘quvchisiga ega turkum asarlar sirasiga kirib ulgurdi. Yozuvchining soha vakili ekanligi aksariyat kitobxonlarga ayon, bilmaganlar esa asar mutolaasidayoq muallifning sohani yaxshi bilishini anglaydi.  

Bu jihatni ta’kidlashimizning sababi aynan shu nuqta muallif asarlarining muvaffakiyat garovidir. Yozuvchi qalamga olgan jinoyat turi davr uchun ahamiyatsiz mavzu emas, ikkinchidan, ijtimoiy vokelik qayta takrorlanmasligi uchun mohiyatni oshkor qilish va uni bor asrori bilan ko‘rsatish, so‘zsiz, ko‘l siltab qo‘yadigan mavzu emas. Navbatdagi mazkur o‘ninchi kitobda ham muallif avvalgi qahramonlar ishtirokini ta’minlagan”.  

D.Mamatova,  
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Komil Sindarovdan o‘ninchi detektiv kitob