Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, kombinat tarixi sahifalarida keyingi yetti yilda amalga oshirilgan ishlar alohida o‘ringa ega. Yurtboshimizning tashabbuslari va qo‘llab-quvvatlashi bilan yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, 23 ta yirik investitsion loyiha ishga tushirilib, 15 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Yangi quvvatlarning foydalanishga topshirilgani ishlab chiqarish hajmini keskin oshirib, davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi”ni ikki yil oldin bajarishga erishildi. Natijada kombinat oltin ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

– Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bu sohada ishlash, albatta, sharafli, ammo o‘ta mashaqqatlidir, – deydi “NKMK” AJ Ayollar kengashi raisi Sabohat Nazarova. – Bu soha chinakam mehnat, matonat, izlanish va intilish talab etadi. Yer qa’ridan ma’dan qazish, tonna-tonna rudadan grammlab oltin ajratib olish o‘ta murakkab jarayondir. Mana shunday murakkab jarayonda bugun 6,3 ming nafarga yaqin xotin-qiz, jumladan, 1,3 ming nafardan ortiq oliy ma’lumotli mutaxassis, 268 nafar rahbar ayol faol ishtirok etib kelmoqda. Ular hattoki, ko‘pchilikka namuna bo‘lib ulkan kranlar, qudratli kon texnikalari, zamonaviy texnologiyalarni boshqarishmoqda. Bu jasorat haqiqiy ibrat namunasidir.

NKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi bilan birgalikda kombinat xotin-qizlar ijtimoiy himoyasini yaxshilash bilan birga, ularni rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. 

Bayramdan-bayramgacha bo‘lgan davr sarhisob qilinsa, o‘tgan vaqt kombinat xotin-qizlari hayotida quvonchli yutuqlarga boy bo‘ldi. Navoiy mashinasozlik zavodi mashinisti Zulfiya Ahmedova “Mehnat shuhrati” ordeni, 3-gidrometallurgiya zavodi katta ustasi Guljamila Turganbayeva, Zarafshon qurilish boshqarmasi kran-mashinisti Albina Pogosskaya va Shimoliy kon boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Maya Soy “Do‘stlik” ordeni, “Auminzo-Amantoy” koni laboranti Feruza Karimova “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi va mustaqillik yillarida davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi. 

[gallery-16292]

Bu yilgi bayram munosabati bilan “Zarmitan” koni laboranti Mactura Qudratova “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, “Gender tenglik faoli” Respublika milliy tanlovida Shimoliy kon boshqarmasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

An’anaga ko‘ra, sohada mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar “NKMK faxriysi” ko‘krak nishoni va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
“Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan dastur barchaga manzur bo‘lib, bayram kayfiyatini ulashdi. 

A.Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kombinat xotin-qizlari sharaflandi