Yurtimizga bahor kelishi bilan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari avj oladi. Chunki obodlik bor joyda baraka bo‘ladi. Zero, tevarak-atrofimiz, istiqomat qilayotgan manzil-makonlarimizning toza va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlash xalqimizning azaliy odatlaridan. Xonadonimiz, ko‘chamiz, mahallamiz va korxonamizni obod etar ekanmiz, hayotimiz ham ko‘rkamlashib boraveradi.

Xalqimizning yurt obodonligi yo‘lida hasharlar o‘tkazishi hamjihatlik va yaratuvchanlik nishonasidir. Ona tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhit muhofazasi va tozaligini ta’minlashga hissa qo‘shish “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksionerlik jamiyati mehnat jamoasi uchun an’anaga aylangan. 

Ayni vaqtda kombinat bo‘linmalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, turli manzarali, mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari jadal olib borilmoqda. 

–- Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasiga asosan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash maqsadida kombinat tizimida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, – deydi “NKMK” AJ Korporativ ijtimoiy mas’uliyatlar bo‘limi yetakchi muhandisi G‘ayrat Bozorov. – Mazkur loyiha doirasida 2024-yilning 12-martidan 12-apreligacha “NKMK” AJ va uning bo‘linmalarida ko‘kalamzorlashtirish va obodonchilik ishlari bo‘yicha “Dolzarb bir oylik” e’lon qilindi. Joriy yilning bahor va kuz mavsumida Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Marjonbuloq shaharlari, Zarkent qo‘rg‘oni va Nurota tumanidagi “Pistali” koni hududida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlarida 370 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari hamda butalar ekish rejalashtirilgan. Ko‘chat va butalarning 230 ming tupini o‘tqazish bahor mavsumiga to‘g‘ri kelmoqda. 

So‘nggi ikki haftada kombinatning barcha kon boshqarmalari, Navoiy mashinasozlik zavodi, Zarafshon qurilish boshqarmasi, Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi, Tarmoqlar va nimstansiyalar sexi, 3-avtokorxona va boshqa bo‘linmalarida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilyapti. Bu ishlar, ayniqsa, o‘tgan yili foydalanishga topshirilgan Nurota tumanidagi “Pistali” koni, 6-gidrometallurgiya zavodi hududida namunali tashkil etilmoqda. Navro‘z bayrami arafasida Navoiy sanoat maydoni bo‘linmalarining 350 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilari yurtimizda e’lon qilingan xayriya hasharida faol ishtirok etib, ana shu hududni ko‘kalamzorlashtirishga katta hissa qo‘shdi. 

Joriy yil ko‘klam mavsumida kombinat bo‘linmalarida 121 ming tup, jumladan, “Pistali” koni hududida cho‘l sharoitiga mos 12 ming tup daraxt ko‘chatlari va butalar ekildi. Muhimi, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida bu yerda “Yashil belbog‘” barpo etilmoqda. Ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash “Qizilqum” kon boshqarmasi, kon va zavod rahbariyatining nazoratida bo‘ladi. Kon hududini ko‘kalamzorlashtirishdek xayrli ishlar davom etmoqda. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kombinat jamoasi ko‘kalamzorlashtirish oyligida faol qatnashmoqda