Milliy matbuot markazida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori o‘rinbosari N.Jo‘libekov va boshqalar kombinat mustaqillik yillarida qudratli ishlab chiqarish obyektlari va infratuzilmasiga ega yirik korxonaga aylanganini ta’kidladi. Bugun kombinatda 60 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2026-yillarda kombinatni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib, kelgusi o‘n yilda amalga oshiriladigan yirik loyihalar belgilab berildi. Unga muvofiq, 2026-yilgacha 3 milliard 63 million dollarlik 27 loyiha amalga oshiriladi. Natijada kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 30 foizga ortib, 30 mingdan ortiq yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Prezidentimiz joriy yil 28-mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Shu kuni ushbu loyihalarning eng muhimlaridan biri – Qizilqum mintaqasidagi Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

5-gidrometallurgiya zavodining ishga tushirilishi yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash va qariyb 5 ming 300 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Nurota tumanidagi Pistali konining o‘zlashtirilishi va uning negizida 6-gidrometallurgiya zavodining barpo etilishi bilan yana 3 million tonna foydali qazilmani qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Loyihalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash, bunda xalqaro tajribadan faol foydalanish maqsadida tarmoqda nufuzli chet el kompaniyalari va yetakchi ilmiy muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Auminzo-Amantoy konlarini o‘zlashtirish va 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishida yuqori energiya samaradorligiga ega texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini oshirish maqsadida Rossiyaning «IVS» kompaniyasi jalb qilindi. Irkutsk asl va noyob metallar hamda olmoslar ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya) bilan hamkorlikda Markaziy kon boshqarmasining oltinni uyumda ishqorlash sexida hosil bo‘lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasini qurish loyihasi bo‘yicha optimal texnologiyani tanlashga qaratilgan tajriba-sinov ishlari va texnologik reglamenti nihoyasiga yetkazildi. Hozir loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Loyihaning amalga tatbiq etilishi natijasida yiliga 15 million tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ulkan sanoat majmuasi yaratiladi.

Zaxirasi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadigan Muruntov oltin konini o‘zlashtirishning 5-bosqichi muhim loyihalardan hisoblanadi. AQShning «Integro grupp» kompaniyasi tomonidan karerning yangi geologik-matematik modeli yaratildi. Mazkur model asosida aniqlangan oltin zaxiralari 2130-yilgacha ruda qazib olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kombinat faoliyati sarhisob etildi