Ko‘makka muhtoj insonlar – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar 3 ming 431 nafarni tashkil etadi.
Ushbu fuqarolarga har tomonlama ko‘maklashish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish chora-tadbirlari izchil olib borilayotgani alohida e’tirofga molikdir. Jumladan, kuni kecha Kosonsoy va Chust tumanlarida o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik yakunlari bo‘yicha ambulator va statsionar davolanishga ehtiyoji bor insonlarga yo‘llanmalar berildi.
[gallery-15585]
Bundan chuqurlashtirilgan ko‘riklar viloyatning barcha tuman-shaharlarida davom etmoqda.
Ma’lumot uchun. 2023 yil davomida “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyat bo‘limi ko‘magida 1 ming 807 nafar yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi “Besh chashma” sanatoriysida salomatligini tikladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA